Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Özbekistonda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Belarus boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qildi.

Oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikda, ayniqsa, savdo-iqtisodiy sohada yuqori darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ötgan yili tovar ayirboşlaş 25 foizga ösib, qariyb 1 milliard dollarga yetdi. Yetakçi kompaniyalarning ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiyasi kengayib bormoqda.

Maşinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, töqimaçilik va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi hamda boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari suriş orqali iqtisodiy hamkorlikning yangi kun tartibini şakllantiriş muhim ekani ta’kidlandi.

Şuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş zarurligi körsatib ötildi.