Prezident Şavkat Mirziyoyev yirik energetika loyihalarini amalga oşiriş, energiya tizimi barqarorligini ta’minlaş va energiya samaradorligini oşiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Tanqidiy tahlil ruhida ötgan yiğilişda mamlakatda elektr energiyasi böyiça jami generatsiya quvvatlari 25,8 ming megavattga yetgani, şuning 8 ming megavatti quyoş, şamol va gidroenergetika hissasi ekani ta’kidlandi. 2026 yilda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini 90 milliard kilovatt-soatga yetkaziş rejalaştirilgan.

Joriy yilda iqtisodiy ösiş va tarmoqlarda işlab çiqariş hajmlarining oşişi hisobiga elektr iste’moli yana 1 milliard kilovatt-soatga ortişi kutilmoqda. Şu sabab aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravişda energiya resurslarini uzluksiz yetkazib beriş, tarmoqlarni yangilaş, investitsiyalarni köpaytiriş va yirik loyihalarni öz vaqtida işga tuşiriş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Yiğilişda elektr energiyasini iste’molçilarga öz vaqtida yetkazib beriş masalasi dolzarb ekani, qöşimça yuqori kuçlanişli magistral tarmoqlar qurilmasa, generatsiya quvvatlari iste’mol hajmidan oşib ketişi xavfi mavjudligi qayd etildi. Şu bilan birga, ötgan yili elektr tarmoqlarini rivojlantirişga ajratilgan mablağlarni özlaştiriş sur’ati yetarli emasligi tanqid qilindi.

Şu munosabat bilan Toşkent şahrida 75 kilometr yuqori kuçlanişli tarmoqlar va 5 ta nimstansiya quriş, 69 kilometr tarmoq hamda 18 ta nimstansiyani modernizatsiya qiliş topşirildi. Şuningdek, 638 kilometr past kuçlanişli tarmoqlar va 161 ta transformator şoxobçalarini modernizatsiya qiliş vazifasi belgilandi.

Yiğilişda yaqin yillarda jami 602 kilometr uzunlikdagi “Tolimarjon – Söğdiyona”, “Sirdaryo – Halqa” va “Qoraköl – Nurobod” liniyalarini quriş, 2030 yilga qadar “Yangi Angren – Namangan” tarmoği hamda “Namangan” nimstansiyasini barpo etiş rejalari haqida ham axborot berildi. Qöşni davlatlar bilan energetika tizimlarini integratsiya qiliş hisobiga vodiy viloyatlarida elektr ta’minotini yaxşilaş masalalari muhokama qilinib, “Surxon – Puli-Xumri” yuqori kuçlanişli tarmoği va uning nimstansiyalari qurilişini jadallaştiriş vazifasi qöyildi.

Yiğiliş yakunida prezident strategik loyihalarni öz vaqtida işga tuşiriş, magistral va taqsimlovçi tarmoqlarni jadal rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş yuzasidan mutasaddilarga qöşimça topşiriqlar berdi.