Toşkentdagi «Köksaroy» qarorgohida prezident Şavkat Mirziyoyevning yoşlar bilan muloqoti bölib ötdi.
Unda ta’kidlanişiça, dunyo aholisining 10 foizdan ortiği volontyorlik bilan şuğullanmoqda. Özbekistonda ham volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar taşkil qilingani hisobiga bunday yoşlar 5 karra köpaydi. Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda kömaklaşiş yönalişidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oşdi.
Mana şunday taşabbuskor yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol köngilli yoşlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantiriş böyiça Vasiylik kengaşini taşkil qiliş taklif etildi.
Yoşlar işlari agentligida «Volontyorlikni qöllab-quvvatlaş» jamğarmasi taşkil qilinadi. Uşbu jamğarmaga har yili budjetdan 20 milliard sömdan mablağ beriladi. Bunga qöşimça viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard sömdan ajratadi.
Mazkur mablağlar hisobidan yoşlarning volontyorlik loyihalariga 100 million sömgaça grant beriladi. Köngilli yoşlarga «ijtimoiy faollik kartasi» oçilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yönalişlardagi iştirokiga qarab, ball berib boriladi.












