1953 yilda tuğilgan, muqaddam bir neça marotaba sudlangan ayol özining 1982 yilda tuğilgan tanişi bilan til biriktirib, Yunusobod tumanidagi tadbirkorlik sub’yektiga tegişli, ammo hozirda taqiqda turgan 2 gektar noturar yer maydonini xaridorga 9 million AQŞ dollariga sotişga kelişgan.

Qayd etilişiça, ular mansabdor tanişlari orqali barça hujjatlarni tayyorlab, yer maydonini turar joy toifasiga ötkazib beriş evaziga oldindan 200 ming AQŞ dollarini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.