Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, mamlakatdagi yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kelishilgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.