Loyihaga köra, portlovçi materiallarni işlab çiqariş faqat tegişli litsenziya asosida amalga oşiriladi. Yangi turdagi portlovçi materiallar va portlatiş uskunalari texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq işlab çiqilişi va vakolatli organlar iştirokida sinovdan ötkazilişi şart.
Portlovçi materiallarni sotib oliş, saqlaş va taşiş işlari maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi. Import qilinadigan portlovçi materiallar esa belgilangan elektron tizim orqali olinadigan ruxsatnoma asosida respublika hududida qöllanilişi mumkin.
Hujjatda omborlarga qöyiladigan talablar ham aniq belgilab berilgan. Jumladan:
- portlovçi materiallar maxsus jihozlangan va me’yoriy talablarga javob beradigan binolarda saqlanişi;
- omborlar yonğin xavfsizligi, signalizatsiya va yaşindan himoya tizimi bilan ta’minlanişi;
- saqlanayotgan materiallar miqdori ruxsatnomada körsatilgan limitlardan oşmasligi;
- har bir ombor uçun alohida pasport yuritilişi şart.
Şuningdek, taşiş tartibiga oid normalar ham qayta körib çiqilgan. Portlovçi materiallarni avtomobil va temiryöl transportida taşiş tegişli ruxsatnoma va jönatiş hujjatlari asosida amalga oşiriladi. Yönalişlar esa tegişli içki işlar organlari bilan kelişiladi.
Yöriqnoma loyihasida portlovçi materiallarni hisobga oliş, kirim-çiqimni maxsus kitoblarda yuritiş, naryad-yukxat va naryad-yöllanmalar asosida rasmiylaştiriş tartibi ham belgilangan. Hujjatlar kamida uç yil saqlanişi şart.
Bundan taşqari, portlovçi materiallar omborlari uzluksiz qöriqlanişi, taqiqlangan zona belgilanişi, qöriqlaş xizmati va aloqa vositalari bilan ta’minlanişi lozimligi qayd etilgan.
Loyihada belgilangan talablarni buzgan şaxslar amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortilişi nazarda tutilgan.












