Taşkilot matbuot xizmatining oçiqlaşiça, iqtisod qilingan mablağlar birinçi navbatda geologiya qidiruv işlari, 3D seysmika, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlaş, izlov-qidiruv va işlatiş quduqlarini burğilaşga yönaltirilmoqda. Ta’kidlanişiça, bu yil kompaniya tarixidagi eng katta burğilaş hajmi rejalaştirilgan – 103 ta quduq. Şuningdek, respublika böylab 6500 kv.km hududda 3D seysmik qidiruv işlari ötkazilişi belgilangan.
“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati taşkilotda boşlangan “Dolzarb 100 kunlik” dasturining dastlabki 50 kunligida erişilgan natijalarga bağişlangan brifing ötkazdi. Unda geologiya-qidiruv işlari, burğilaş, işlab çiqariş hamda iqtisodiy-ijtimoiy yönalişlardagi sönggi körsatkiçlar oçiqlandi.
Qayd etilişiça, “Dolzarb 100 kunlik” doirasida jamiyatni moliyaviy soğlomlaştiriş, xarajatlarni maqbullaştiriş orqali samaradorlikka erişiş kabi vazifalarga asosiy e’tibor qaratilgan. Mablağlar birinçi navbatda geologiya qidiruv işlari, texnik tadbirlar, qazib çiqariş hamda qayta işlaşga yönaltirilgan.
“Sarf-xarajatlarni qisqartiriş natijasida dastlabki ikki oyda qöşimça 1,1 trln söm samaraga erişildi. Xususan, ötgan qisqa davr mobaynida neft va gaz qazib çiqariş, uglevodorodlar zaxirasini oşirişda ustuvor hisoblangan geologiya qidiruv, 3D seysmika natijalari asosida yangi istiqbolli maydonlarni aniqlaş hamda izlov-qidiruv quduqlarini burğilaş işlari amalga oşirildi. Respublikadagi kon va maydonlarning çuqur geologik tuzilişini örganiş hamda izlov burğilaşga yangi strukturalar aniqlaş maqsadida jami 6500 kv.km hajmda 3D seysmik qidiruv işlari ötkazilişi belgilandi. Bu ötgan yilga nisbatan 2,5 baravar köp”, – deydi taşkilot matbuot kotibi Mömin Ibodov.
Mas’ulga köra, bu yil “Özbekneftgaz” tarixidagi eng katta hajmda burğilaş işlari amalga oşiriladi. Jumladan, 103 ta quduq: 58 ta izlov-qidiruv quduği, 45 ta işlatiş quduğini burğilaş reja qilingan.
“Geologiya qidiruv işlarini jadallaştiriş, yer qa’rini geologik jihatdan örganiş maqsadida 20 ta investitsiya bloki uçun ruxsatnomalar olindi. Geologiya-qidiruv asbob-uskuna parkini modernizatsiya qiliş hamda ularga zamonaviy uskunalarni jalb etiş maqsadida 12 ta burğilaş dastgohi, 2 ta 3D seysmik majmua va 100 dan ortiq karotaj asbobini xarid qiliş yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borildi”, – deydi Mömin Ibodov.
Jamiyatda tovar-moddiy resurslar narxlarini maqbullaştiriş, yuqori foizli kreditlar böyiça stavkalarni pasaytiriş, qöriqlaş tizimini raqamlaştiriş orqali xarajatlarni kamaytiriş böyiça ham işlar amalga oşirilgan. Debitor qarzdorliklarni undiriş, işlab çiqaruvçilar bilan töğridan-töğri muzokaralar natijasida tovar-moddiy resurslar va xizmatlar narxlarini pasaytiriş orqali 766 mlrd söm iqtisod qilingan. Bu körsatkiç yil yakuniga qadar 2,5 trln sömga yetişi kutilmoqda.










