Taşrif dasturi doirasida davlatimiz rahbari viloyatda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişadi. Jumladan, sanoat tarmoğini kengaytiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, qişloq va suv xöjaligini modernizatsiya qiliş, quriliş sohasida amalga oşirilayotgan zamonaviy infratuzilma loyihalari hamda ijtimoiy obektlar faoliyatini közdan keçiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlaş, eksport salohiyatini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaşga qaratilgan yangi loyihalarni işga tuşiriş nazarda tutilgan.

Ertaga davlat rahbari Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantiriş böyiça navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazadi. Unda hududni barqaror rivojlantiriş, investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar belgilab berilişi kutilmoqda.