Xorazmda mast holda mashina boshqarib, bir ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Tundagi YTH

Sud hukmida keltirilishicha, 1984 yilda tug‘ilgan U.A. Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori vazifasida ishlagan. U 2025 yil 27 sentabr kuni soat 22:14 larda Tracker mashinasini mast holatda Shovot tumani hududida boshqarib borayotib, yo‘l chetida ketayotgan piyoda – 29 yoshli E.R.ni urib yuborgan.

U.A. odam urib yuborganini bilib, hodisa joyidan nariroqda to‘xtagan. Ammo jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan, ketib qolgan. YTH oqibatida og‘ir tan jarohati olgan ayol shifoxonada vafot etgan.

Kursdoshim bilan ichgandim”

U.A. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan. U hodisa joyidan ketib qolmaganini, o‘sha yerda to‘xtagan Gentra mashinasidagi yigitlarga ayolni shifoxonaga olib borishni tayinlab, o‘zi uyidan pul olish uchun ketganini aytgan.

Kursdoshim bilan choyxonada o‘tirib, spirtli ichimlik iste’mol qildik. Urganch shahri tomonga harakatlanib borayotganimda yo‘lning yoritish chiroqlari tugagan joyida mashinaning o‘ng yon tomonidan qarsillagan tovush chiqdi. Yo‘l chetiga o‘tib to‘xtadim. Odam urib yuborganimni bildim. Ortimdan Gentra mashinasida kelayotgan yigitlar odam urib yuborganimni bilib, yugurib kelishdi. Ular bilan o‘zim urib yuborgan odam yoniga bordim. Ayol ariq ichida yotgan ekan. Turmush o‘rtog‘i yonida turgandi.

Ayolni ariqdan chiqarishda yordamlashdim. Shu yerda o‘zimning ham mazam bo‘lmadi. Spirtli ichimlik ichgan bo‘lsam ham hushyor holatda edim, bo‘lgan barcha voqeani anglab turgandim.

Gentra mashinasidagi yigitlarga IIB xodimi ekanimni, ayolni kasalxonaga olib borishlarini, o‘zim esa ularning ortidan pul olib borishimni aytdim. So‘ngra pul olib kelish uchun Urganch shahriga, uyga ketdim. Ayolni og‘ir ahvolda tashlab ketmadim. Aksincha, uyimdan pul olib kelib, uning hayotini saqlab qolishga harakat qilmoqchi bo‘ldim”, degan U.A. o‘z ko‘rsatmasida.

Shuningdek, o‘zining aytishi bo‘yicha “uyidan pul olib kelish uchun shoshib ketayotgan” U.A. yo‘lda ikkinchi bor YTH sodir etgan: svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan Cobalt ortidan borib urilgan.

Mehmonni kuzatgani chiqqandik”