Bugun, 27 fevral kuni, Çempionlar ligasi 1/8 finali uçun qur’a taşlandi. Marosim an’anaga köra Şveytsariyaning Nion şahrida, UYeFA ştab-kvartirasida bölib ötdi.
Özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov a’zosi bölgan «Mançester Siti» klubi bu bosqiçda «Real»ga qarşi öynaydi. Uşbu jamoalar umumiy guruh bosqiçida ham özaro töqnaşgan, Madridda keçgan öyin inglizlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi.
Umuman, 2020 yildan buyon bu jamoalar YeÇL pley-off bosqiçlarida 5 marta töqnaşgan, şundan 3 tasida «Real», 2 tasida «Mançester Siti» keyingi bosqiçga ötgan.
YeÇL 1/8 finali qur’asi natijalari:
- «PSJ» — «Çelsi»;
- «Galatasaroy» — «Liverpul»;
- «Real» — «Mançester Siti»;
- «Atalanta» — «Bavariya»;
- «Nyukasl Yunayted» — «Barselona»;
- «Atletiko» — «Tottenhem»;
- «Budyo-Glimt» — «Sporting»;
- «Bayyer» — «Arsenal».

Qur’a yakunlariga köra jamoalarning finalgaça bölgan yöllari ham belgilab olingan.
Xususan, «Mançester Siti» «Real» tösiğidan ötgan taqdirda, çorakfinalda «Bavariya»ga duç kelişi mumkin, şuningdek, setkaning bu tomonida «Liverpul», «Çelsi» va «PSJ» kabi boşqa grand jamoalar ham bor.
Umumiy guruh bosqiçida 8 öyinda 8 ğalabaga erişgan va guruhdan birinçi örin bilan çiqqan «Arsenal»ning yöli esa osonroq: londonliklar jamoasi nimçorak finalda «Bayyer» bilan öynaydi, bu jamoa tösiğidan ötilsa, navbatdagi bosqiçda «Budyo-Glimt» va «Sporting» juftligi ğolibiga töqnaş keladi.
1/8 final bosqiçi doirasidagi birinçi öyinlar 10-11 mart kunlari, javob uçraşuvlari 17-18 mart kunlari bölib ötadi.
Turnir finali Budapeştdagi «Puşkaş Arena» stadionida 30 may kuniga belgilangan.











