“Rosnano” sobiq rahbari Anatoliy Çubays Kanada Taşqi işlar vazirligiga qarşi Kanada Federal sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda “Kommersant” naşri 27 fevral, juma kuni xabar berdi. 17 fevral kuni berilgan da’vo Kanada TIVning Çubays tomonidan sentabr oyida sanksiyalar röyxatidan çiqariş haqida yöllangan arizaga haligaça javob bermagani bilan boğliq. Kanada qonunçiligiga köra, bunday murojaatlar 90 kun içida körib çiqilişi kerak. Sud saytida da’voning töliq matni e’lon qilinmagan.

Kanada TIVga yuborilgan bayonotda Çubays Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlagani haqidagi ayblovlarni rad etgan va öz avtobiografiyasini ilova qilgan. Unda u Putinga nisbatan özining “tarixiy muxolifligi”ni ta’riflagan, 2022 yildan beri ixtiyoriy emigratsiyada ekanini körsatgan hamda uruşga qarşi norozilik sifatida RF prezidentining maxsus vakili lavozimini tark etganini bildirgan.

Kanada Anatoliy Çubaysni sanksiyalar röyxatiga 2025 yil iyun oyida kiritgan. Bu, rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning hamkorlari uni Putinga yaqin deb hisoblangan “50 kişilik röyxat”ga kiritganidan keyin sodir bölgan.

Çubaysning aytişiça, sanksiyalar unga ayniqsa oğir ta’sir qilmoqda, çunki uning Rossiyadagi aktivlari xatlab qöyilgan, xorijdagi daromadlari esa “musodara qilinişi xavfi ostida”. Da’vo arizasida u faqat xorijdagi daromadlarga suyana olişini, çeklovlar esa özini va oilasini ta’minlay oladigan hamda yaşay oladigan yagona joylar bilan boğliq “nozik aloqalari”ni buzib yuborişi mumkinligini qayd etgan.

Çubays ta’kidlaşiça, sanksiyalar unga allaqaçon “sezilarli reputatsion zarar” yetkazgan: uni “amalda özi qarşi çiqqan” kişilar bilan bir safga qöyib qöygan — ham 2022 yilgaça ança oldin, ham iste’foga çiqqan paytida. U 2020 yilgaça “Rosnano” boşqaruvi raisi lavozimida işlagan, şundan keyin esa RF prezidentining xalqaro taşkilotlar bilan aloqalar böyiça maxsus vakili bölgan.

Anatoliy Çubays 2022 yildan beri xorijda. 2023 yil sentabr oyida Putin uning ketişi haqida omma oldida izoh berib, emigratsiya sabablarini tuşunmasligini aytgan va buni Çubays uzoq yillar rahbarlik qilgan tuzilmadagi “ulkan moliyaviy teşik” bilan boğlagan. Ötgan yilning dekabr oyida Rossiya sudi “Rosnano”ning da’vosi böyiça Çubays va kompaniyaning bir qator sobiq top-menejerlari mol-mulkini xatlovga oldi. OAV xabarlariga köra, korporatsiya ularni “nooqilona harakatlar”da ayblab, bu harakatlar milliardlab rubl miqdorida zarar keltirganini bildirgan.