New York Times'ning yozişiça, Isroil harbiylari Eron hududidan mamlakat tomon uçirilgan ballistik raketalar aniqlanganini bildirdi. Bu bugun ertaroq amalga oşirilgan AQŞ–Isroil hujumlariga javob sifatida Eron tomonidan yöllangan ilk tölqin hisoblanadi.
Havo hujumi sirenalari Isroil şimoli va sohil böyidagi Hayfa şahri böylab yangramoqda. Aholi mustahkam boşpanalarga kirişga çaqirilmoqda.
AQŞ rasmiysi esa Eronga qarşi zarbalar havo va dengiz orqali amalga oşirilayotganini aytgan.
Bir soat oldin, Reuters naşri Eron rasmiylariga tayanib, javob çoralariga tayyorgarlik körayotganini aytgandi. Rasmiyning aytişiça, javob zarbasi «vayronkor» böladi.
Ayni vaqtda bir qator eronlik axborot agentliklarining veb-saytlari işlamayapti. Ular orasida rasmiy davlat axborot agentligi IRNA ham bor. Sayt xakerlik hujumiga uçragani aytilmoqda. Tehronlik bir fuqaro va mahalliy jurnalistning aytişiça, şaharda statsionar telefon aloqasi işlamay qolgan, faqat mobil telefonlarda ham uzilişlar bilan çeklangan signal mavjud.
Isroilning Eronga hujumi bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:10 da boşlangan. Isroil yuqori martabali mudofaa amaldorlariga köra, qöşma nişonlar orasida Erondagi muhim şaxslar ham bor va bu kamida bir neça kun davom etişi kutilgan keng kölamli hujum hisoblanadi.
Ayni paytda Isroil Erondan kelayotgan asosiy tahdid sifatida uzoq masofali yer-yer turidagi raketalarni körmoqda. Prezident Trampga taqdim etilgan rejaga köra, Isroil kuçlarining asosiy sa’y-harakatlari raketa omborlari, işlab çiqariş korxonalari va uçiriş qurilmalariga qaratilgan.
AQŞ kuçlari esa asosan Eronning yadroviy loyihasiga, şuningdek qudratli Inqilobiy gvardiya korpusi va hukumatga aloqador qöşimça nişonlarga e’tibor qaratişi kutilmoqda.
Prezident Tramp AQŞ harbiy amaliyoti natijasida «yöqotişlar bölişi mumkin»ligini aytdi.
NYT'ga köra, general Den Keyn esa yuqori darajadagi yopiq uçraşuvlarda Trampni Eron bilan uruş holatida amerikalik harbiylar halok bölişi yoki jarohat olişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.


















