“Gazprom neft” boşqaruvi raisining örinbosari Anton Djalyabov Sankt-Peterburgda pudratçi taşkilotlar rahbarlaridan 29 mln rubldan ortiq summada pora olganlikda gumon qilinib qölga olindi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lum qilişiça, 27 fevral, juma kuni unga nisbatan “öta yirik miqdorda pora oliş” moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Bu modda böyiça 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi nazarda tutilgan.
TASS agentligi suhbatdoşining aniqlaşiça, qölga olişni Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça boş boşqarma xodimlari amalga oşirgan. Uning ma’lumotlariga köra, gap 2020–2021 yillarda sodir bölgan ikki epizod haqida ketmoqda. Tergov versiyasiga köra, Djalyabov 28 mln rublga Soçi şahrida kvartira sotib olgan, şuningdek, uning ixtiyoriga qiymati 1,7 mln rubldan ortiq bölgan kater ötgan.
Manba ta’kidlaşiça, “tergov hisoblaşiça, pul mukofoti evaziga u yirik quriliş pudratlari böyiça amalda bajarilmagan işlar qabul qilingani haqidagi hujjatlarni imzolagan, ular uçun tölov amalga oşirilişini ta’minlagan va işlar muddatini buzgani uçun pudratçilarni jarimalar hamda penyalardan himoya qilgan”.
“Interfaks” agentligi aniqlaşiça, Djalyabovga qöyilayotgan ayblovlar Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugidagi Nadim şahrida joylaşgan “Gazprom invest” kompaniyasidagi iş faoliyati bilan boğliq. Jinoyat işi Rossiya Tergov qömitasi yurituvida turibdi.
Kutilişiça, tez orada unga nisbatan ehtiyot çorasi (qamoq, uy qamoği va h.k.) masalasi hal qilinadi.
Djalyabov 2020–2021 yillarda Nadimda “Gazprom invest” filialiga rahbarlik qilgan. 2021 yil mart oyidan 2023 yil avgust oyigaça u “Gazprom dobyça Noyabrsk”ning boş direktori bölgan. 2023–2024 yillarda “Gazprom neft”da boş muhandis lavozimida işlagan, 2024 yil aprel oyidan esa “Gazprom neft” boşqaruvi raisining örinbosari bölgan.








