Isroilning «Magen David Adom» tez yordam xizmati Beyt-Şemeş şahriga Eron ballistik raketasi zarba berişi oqibatida bir neça kişi yaralanganini ma’lum qildi. Bu haqda Times of Israel xabar berdi. Xabarda aytilişiça, jarohatlanganlardan birining ahvoli oğir.

Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşganini bildirdi.

The Times of Israel naşrining xabariga köra, Isroil janubida dronlar hujumi töğrisida ogohlantiruvçi sirenalar, mamlakatning markaziy va şimoliy qismlarida esa raketa xavfidan ogohlantiruvçi signallar yangramoqda.

Ma’lumotlarga köra, oxirgi 24 soat içida Tel-Avivda raketa hujumlari oqibatida ikki nafar ayol halok bölgan va 120 nafardan ortiq inson jarohatlangan.