Eronda jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.
Tehrondagi diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, hozirda Eronda jami 81 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan:
- 8 nafari – diplomatik vakolatxonalar xodimlari;
- 9 nafari – Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar;
- 55 nafari – Eron hududida doimiy yashovchi fuqarolar;
- 9 nafari – xususiy safar bilan borganlar.
Elchixona vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va ular bilan muntazam muloqotni ta’minlamoqda, deyiladi xabarda.
Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ushbu hududlarda bo‘lib turgan yoki safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarga tavsiyanoma e’lon qildi.
Unda rasmiy axborot manbalarini kuzatib borish, diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lib turish, mahalliy qoidalarga rioya etish, hujjatlarni ishonchli joyda saqlash va aloqa vositalari doimo ishlab turishiga e’tibor qaratish so‘ralgan.

TIV, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi xorijiy vakolatxonalarining tezkor aloqa va «ishonch telefonlari» raqamlarini keltirib o‘tdi:
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti:
+998 97 136 51 51
Koll-markaz: 1164
O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi (Tehron sh.)
+98 912 132 78 23
Mas’ul shaxs: Yo‘ldoshev Elbek
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi
+974 5141 1001 — Konsul: Otabek Muratov
+974 3352 0001 — Elchi maslahatchisi: Shuhrat Teshboyev
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi










