Eron prokuraturasi tomonidan keltirilgan sönggi ma’lumotlarga köra, mamlakat janubidagi Minob şahrida qizlar uçun maktabga Isroil tomonidan yöllangan zarba oqibatida halok bölganlar soni 148 kişini taşkil etmoqda, yana 95 kişi turli darajada tan jarohatlari olişgan. Bu haqda Tasnim agentligi 1 mart kuni xabar tarqatdi.
Minob okrugi prokuroriga köra, halok bölganlarning aksariyati – şu maktab öquvçilari bölişgan. Şuningdek, qurbonlar orasida öqituvçilar hamda öquvçilarning ota-onalari bor.
Isroil maktabga 28 fevral tongida raketa zarbasi yöllagan.
Ma’lumotlarga köra, Minobda Islom inqilobi muhofizlari korpusi bazalaridan biri joylaşgan.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi uruş boşladi. Birinçi kuni butun Eron böylab harbiy obektlar zarba ostida qolgan. Mamlakat rahbariyatining qator yuqori martabali şaxslari, jumladan, diniy rahnamo Ali Xominaiy ham halok bölgan. Bunga javoban Eron qurolli kuçlari Isroilga va Amerikaning Yaqin Şarqdagi bazalariga hujumlar uyuştirdi.













