Ali Xominaiyning ölimi

Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi mamlakat diniy rahbari Ali Xominaiy halok bölganini tasdiqladi. 86 yoşli Xominaiyning jasadi uning Tehrondagi qarorgohi xarobalari ostidan çiqarib olingan.

Korpus matbuot xizmati bayonotida uning ölimi 28 fevral tongida AQŞ va Isroil tomonidan yöllangan zarbalar oqibatida röy bergani aytilgan. Xominaiy Eronni 1989 yildan buyon boşqarib kelayotgandi.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Xominaiy Isroilning «Arslon na’rasi» nomli amaliyoti çoğida Eronning boşqa yuqori martabali şaxslari bilan birgalikda öldirilganini ma’lum qildi. Zarba vaqtida Xominaiyning yonida bölgan qizi, kuyovi, kelini va nabirasi ham halok bölgan.

Ali Xominaiy tuğilgan Maşhad şahridagi imom Rizo masjidi gumbazida motam bayroği kötarilgan. Mamlakatdagi masjidlar va maydonlarda bombod namozidan keyin yiğilgan minglab kişilar uning vafoti munosabati bilan motam boşlagan.

Tehrondagi motam marosimi iştirokçilari
Atta Kenare / AFP / Scanpix / LETA

Tramp endi Eron bilan kelişiş osonroq bölişini aytdi. «Turgan gapki, endi bu bir kun oldingiga qaraganda osonroq», degan u CBS News telekanali muxbirining AQŞ va Eron örtasidagi mojaroni diplomatik yöl bilan hal qiliş imkoniyatlari haqidagi savoliga javob berarkan. U islom respublikasi rahbarligi uçun «bir neça yaxşi nomzodlar borligi»ni qöşimça qilgan, ammo gap aynan kimlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Bu xabarlar fonida Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof mamlakat qurolli kuçlari Ali Xominaiy ölimi uçun qasos olişi va Amerikaning mintaqadagi obektlariga yanada qat’iy zarbalar yöllanişini va’da qildi.

Ali Xominaiy öldirilgaç Tehronda köçalarga çiqqan eronliklar, 2026 yil 1 mart
Majid Asgaripour / WANA / Scanpix / LETA

Tramp esa Eronni javob zarbalaridan tiyilişga çaqirdi.

«Eron hozirgina har qaçongidan ham qattiqroq zarba berişini aytdi. Bunday qilmagani yaxşi, çunki bunday qilsa, biz ularga heç qaçon körilmagan kuç bilan zarba beramiz!» deya tahdid qildi AQŞ prezidenti.