Ma’lum qilinişiça, DXX va IIO xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda Toşkent viloyatining Zangiota tumanida yaşovçi, 1996 yil tuğilgan şaxs hamda uning 1999 yil tuğilgan samarqandlik tanişi poytaxt hududida töxtatilib tekşirilgan. Natijada ularning yonidan 8400 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlangan.

Şuningdek, ular vaqtinçalik ombor sifatida foydalangan Çilonzor tumanidagi xonadondan 12 600 dona “Regapen”, 10 000 dona turli xildagi, işlab çiqaruvçisi aniq bölmagan qölbola dorilar, dorilarni qadoqlaş uçun 500 dona idiş, qalbaki qadoqlarga qaydlarni yozişga möljallangan markerlovçi mini-printer aşyoviy dalil sifatida olingan.

Ikkinçi holatda DXXning Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda içki işlar va bojxona organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda 1994 yil tuğilgan şaxs 6 dona “Zardeks” dori vositasini 600 ming sömga sotgan paytida uşlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu dori vositalarini yetkazib berib turgan Namangan şahrida yaşovçi, 1987 yil tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaro ham poytaxt hududida qölga olingan. Uning “Treker” rusumli avtomaşinasidan 12 400 dona “Zardeks” va 14 dona “Regapen” protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX giyohvandlik vositalari bilan boğliq holatlarga duç kelinganda 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar beriş mumkinligini eslatdi. Şaxs ma’lumotlarining sir saqlanişi kafolatlanişi ta’kidlandi.