2025 yil yakunlariga köra, Özbekiston fuqarolari Turkiyada qölga olingan noqonuniy migrantlar soni böyiça uçinçi örinda qayd etildi. Turkiya Migratsiya boş boşqarmasining rasmiy statistik ma’lumotlari şundan dalolat beradi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Turkiya hukumati tomonidan 13683 nafar Özbekiston fuqarosi hibsga olingan. Bir yil avval, 2024 yilda bu körsatkiç 11521 kişini taşkil etgan – şunda Özbekiston reytingda törtinçi örinni egallagan edi.
Ösiş 2022 yildan beri davom etmoqda. 2021 yilda 4817 nafar özbekistonlik qölga olingan bölsa, keyingi yilda bu körsatkiç 7553 nafarni taşkil etdi. 2026 yil boşidan beri Özbekistonning 1437 nafar fuqarosi hibsga olingan.
Reytingning dastlabki ikki poğonasini an’anaviy ravişda Afğoniston va Suriya fuqarolari egallab turibdi, biroq ularning soni sezilarli darajada kamaygan. 2025 yilda Turkiya rasmiylari 44157 nafar afğonistonlik va 22515 nafar suriyalikni hibsga olgan. Taqqoslaş uçun: 2024 yilda bu körsatkiçlar mos ravişda 65815 va 50641 kişini taşkil etgan.
Noqonuniy migratsiyaning umumiy statistikasiga Turkmaniston, Eron, Iroq, Misr, Marokaş, Sudan va Jazoir fuqarolari ham kiritilgan.
Turkiyada noqonuniy migrantlarni aniqlaş böyiça reydlar 2023 yil may oyida bölib ötgan prezidentlik saylovidan keyin faollaşdi va doimiy ravişda davom etmoqda. Megapolislarda, jumladan Istanbulda har kuni tekşiruvlar ötkaziladi, uning davomida huquq-tartibot idoralari önlab xorijliklarni hibsga oladi va keyinçalik deportatsiya qiladi.












