Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Yaqin Şarqdagi jang harakatlari uzoqqa çözilişi mumkin, deb hisoblaydi. Nemis siyosatçisi bu haqda yakşanba, 1 mart kuni keçqurun ARD jamoat-teleradiokompaniyasidagi Karen Miocga olib boradigan tok-şouda bayonot berdi.
“Hammamiz bu mojaro çözilişi mumkinligiga tayyor turişimiz kerak. Yaqin kunlarda jang harakatlari töxtaydi, deb taxmin qilişning iloji yöq”, — dedi Germaniya diplomatiyasi rahbari.
Şu munosabat bilan, uning ta’kidlaşiça, mintaqada ta’sir körgan mamlakatlardan “boşqa usullar bilan ham çiqib ketiş imkoniyatini ta’minlaş” uçun — allaqaçon qöllangan çoralarga qöşimça ravişda tadbirlar köriş zarur.
Eron oliy rahbari Ali Xominaiy haqida gapirar ekan, Vadeful uning ölimi “albatta, yaxşilik böladi”, agar şu bilan Tehrondagi rejim ham tugasa, dedi. Uning qöşimça qilişiça, Xominaiy öz aholisini zulm ostida uşlab, mintaqani beqarorlaştirgan “şafqatsiz” tizimga rahbarlik qilgan.
GFR taşqi işlar vaziri, şuningdek, Tehron yadroviy qurol yaratişdan, ballistik raketalardan va mintaqadagi qöporuvçi faoliyatdan voz keçişiga umid bildirdi. “Aynan şu maqsadga bu harbiy zarbalar qaratilgan”, — deya xulosa qildi Yoxann Vadeful.
Dpa agentligi xabar berişiça, vazir mintaqada qolib ketgan sayyohlar ham öz xavfsizligi uçun mas’ul ekanini ta’kidlagan. “Bu (mintaqada böliş — tahr.) xavfli bölişi mumkinligi töliq kutilmagan holat emas edi”, — dedi diplomat.
Öz navbatida, Bundestag vitse-spikeri va “Ittifoq-90/Yaşillar” partiyasining sobiq hamraisi Omid Nuripur hukumat bunday vaziyatda ham Germaniya fuqarolariga yordam berişga majbur, degan fikrda. Uning fikriça, avval e’lon qilingan mintaqaga safar xatarlari haqidagi ogohlantirişlarga qayta-qayta işora qilişning özi yetarli emas. Agar quruqlik orqali qöşni davlatlarning aeroportlariga çiqib ketiş mumkin bölsa, Berlin bunday yönalişlarni faol tarzda taşkil etişi kerak. “Bu — davlatning vazifasi”, — deya ta’kidladi Nuripur.
Isroil va AQŞning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi Yaqin Şarqda ham, uning taşqarisida ham aviaaloqaning keng kölamda izdan çiqişiga olib keldi. Şanba, 28 fevral kuni nafaqat Isroil va Eron, balki Iroq, Iordaniya, Bahrayn, Kuvayt, Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) ham havo hududini töliq yoki qisman yopdi. Dubay, Abu-Dabi va Dohadagi asosiy aeroportlar işlaşni töxtatdi.
Cirium tahlil kompaniyasi hisob-kitobiga köra, 28 fevral kuni Yaqin Şarq mamlakatlariga qöniş kerak bölgan 4218 reysdan 966 tasi (22,9 foiz) bekor qilingan. Şu kuni Yaqin Şarq aviakompaniyalari jami 1800 reysni bekor qildi.












