Yaqin Şarqdagi çözilgan uruş Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişga ta’sir qilişi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2 mart, duşanba kuni WhatsApp çatida jurnalistlar bilan muloqot paytida Deutsche Welle (DW) savollariga javob berib.
Zelenskiyning aytişiça, hozir Kiyev hamkorlardan qurol-yaroğ yetkazib beriş hajmlari kamayganini kuzatmayapti. “Hozirça biz bu ta’sirni körmayapmiz. Hozirça biz umid qilgan yetkazib berişlar kamaymagan, lekin bir sutkagina ötdi. Şuning uçun hozirça xulosa qilişga erta”, — dedi u.
Şu bilan birga, prezident Yaqin Şarqdagi mojaro çözilib ketsa, xavf-xatarlar ortişi mumkinligini tan oldi. “Har qanday holatda, agar Yaqin Şarqda uzoq davom etadigan jangovar harakatlar bölsa, albatta, bu (qurol-yaroğ — tahr.) yetkazib berişga ta’sir qiladi — men bunga işonaman”, — dedi Zelenskiy.
Uning sözlariga köra, Ukraina xalqaro vaziyat murakkablaşgan taqdirda ham öz mudofaa işlab çiqarişini barqaror moliyalaştirişni ta’minlaş ustida işlayapti. “Biz hamma narsani qilamizki, özimizdagi işlab çiqarişni moliyalaştiriş töxtab qolmasin, şunda u töliq quvvatda işlaydi. Bugun biz aynan şu ustida işlayapmiz — 90 mlrd yevro bloklanib qolmasligi uçun”, — dedi prezident, Yevropa Ittifoqining (YeI) Ukrainaga yordamini nazarda tutib.
DW savoliga javob berib, Zelenskiy Erondagi uruş Rossiyaga va şaxsan prezident Vladimir Putinga nisbatan siyosiy hamda imij oqibatlariga olib kelişi mumkin, degan fikrni ham bildirdi. “Menimça, Putin Suriyada qanday ‘ittifoqçi’ ekanini allaqaçon körsatgan — ular aslida Asad rejimiga yordam bera olmagan. Xuddi şu tarzda, menimça, ular hozir ham öz zaifligini namoyon qildi, ya’ni ittifoqçi sifatida”, — dedi Zelenskiy.
Uning fikriça, Rossiyaning mintaqada ta’siri çeklanganining asosiy sababi — uning barça harbiy resurslari Ukrainadagi uruşga yönaltirilgani. “Ularning barça kuçlari, barça qurolli kuçlari va boşqa tuzilmalari — hammasi Ukrainada. Ularda boşqa kuç yöq”, — deya ta’kidladi u.
Zelenskiyning hisoblaşiça, Erondagi uruş Rossiya prezidenti uçun signal bölişi kerak. “Eronda bölayotgan voqealar menga köra — Putin uçun diktatura nimalar bilan tugaşini körib qöyişga yaxşi signal”, — dedi u.
Zelenskiy DW savoliga javoban, Xitoy Ukrainani uruşni töxtatiş böyiça muzokaralarda vositaçi sifatida qatnaşişni taklif qilgan-qilmagani haqida ham gapirdi. Prezidentning aytişiça, Kiyev Pekinning jarayonga jalb etilişiga manfaatdor.












