Ukraina hokimiyati RF Qurolli kuçlarining 2026–2027 yillarga möljallangan hujum rejalarini qölga kiritgan, dedi prezident Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan 2 mart, duşanba kuni muloqotda. Uning aytişiça, Moskva uçun maqsad özgarmagan: Ukrainaning Donetsk va Luhansk viloyatlarini töliq okkupatsiya qiliş, şuningdek Zaporijjya viloyatida oldinga ilgarilaş, Dnipro şahri hamda Odessa viloyati yönalişida harakatlaniş.
Zelenskiyning bahosiga köra, Rossiyada bu maqsadlarga erişiş uçun yetarli kuç yöq. Uning sözlariga köra, RF armiyasi oldiga 2025 yil uçun qöyilgan vazifalar bajarilmagan.
«Biz 2025–2026–2027 yillarga oid hujjatlar, rejalarni qölga kiritdik, 2025 yil böyiça biroz eskirgan. Köryapmizki, ular öz maqsadlarini bajarmadi. Biz 2026–2027 yillar böyiça ham (rejalarni — tahr.) oldik. Nima istaşlarini tuşunyapmiz. Ularning yönalişlari hali ham dolzarb ekanini bilamiz — davlatimizning şarqini, aniqroği Donetsk va Luhansk viloyatlarini okkupatsiya qiliş», — dedi Zelenskiy. «Ular, şubhasiz, Zaporijjya viloyati yönalişida ham, Dnipro yönalişida ham davom etmoqçi. Ular uçun bu qiyin, ammo Odessa mintaqaciga ham köz taşlaşyapti. Biz bu yönalişlarni köryapmiz. Lekin bu xaritalar hozirça reallikka heç qanday aloqasi yöq, çunki ular vazifalarni bajara olmayapti».
Ukraina prezidenti aniqlaştirişiça, RF Qurolli kuçlari 2026 yil bahoriga rejalaştirgan hujum 2025 yil oxiriga möljallangan maqsadlarga erişişga boğliq bölgan. Natijada «ular mart oyidagi hujumni — aynan özi istagan hujumni — boşlay olmayapti», deya ta’kidladi Zelenskiy.
«Men bahorda hujum böladimi-yöqmi va aynan qaçon bölişini bilmayman. Ular hujum qilişni xohlaydi, lekin hozirça bunga kuçi yetmaydi. Hammasi kontraktlarga, hujumlarga, qurol-yaroğga, bizga qurol yetkazib berişga, şuningdek öz işlab çiqarişimizga boğliq», — deya prezident sözlarini keltirgan “RBK-Ukraina” naşri.
24-kanal ma’lumotiga köra, Zelenskiy şunday degan: Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, Vladimir Putin RFda hozirça umumiy (yalpi) safarbarlikni rejalaştirmayapti.
24 fevral kuni Ukraina prezidenti ofis rahbarining örinbosari Pavel Palisa “Biz — Ukraina” naşriga bergan intervyusida, uning ma’lumotlariga köra, rossiyaliklar mart oyi oxirigaça Ukrainaning butun Donetsk viloyatini okkupatsiya qilişni istaşini aytgan.
«Şuningdek (Rossiya rejalaştirayotgani — tahr.) — Zaporijjya va Dnipropetrovsk viloyatlarida imkoni boriça maksimal darajada oldinga siljiş. Qolaversa, Sumi va Xarkiv viloyatlaridagi çegara böylab bufer zona yaratiş niyatidan ham qaytmagan. Agar muvaffaqiyatga erişsa, yil oxirigaça duşman Zaporijjya, Xerson, Mikolayivni egallaş yoki ularni egallaş uçun şaroit yaratiş, keyin esa Odessagaça davom etiş uçun hujumni rivojlantirişga urinadi. Men hozirça raqibning bu rejalarni yaqin olti oy içida amalga oşiriş imkoniyatini körmayapman», — degan edi öşanda Palisa.

















