Ukrainaning Yevropa Ittifoqi (YeI)ga kiriş sanasi mamlakatdagi uruşni töxtatişga qaratilgan 20 banddan iborat tinçlik rejasida aniq körsatilişi kerak, dedi Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy 2 mart, duşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda. Uning aytişiça, “aynan bir neça kun içida” mamlakat ittifoqqa qöşiliş böyiça muzokaralarning “barça olti klasteri”ni oçişga “texnik jihatdan tayyor” böladi.
“Biz tayyormiz, ammo YeIdagi barça rahbarlar emas — nima uçunligini bilasiz, kim tösqinlik qilayotganini ham bilasiz. Demak, hamma ham Ukrainaga bu imkoniyatni berişga tayyor emas. Ukraina köp marta aytgan: 2027 yilgaça texnik jihatdan YeI a’zosi bölişga tayyor böladi. Albatta, bu Ukrainagagina boğliq emas. (Lekin) Ukraina öz işini qilib böladi”, — dedi Zelenskiy, fevral oxirida Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Ukrainaning YeIga kiriş sanasini aytiş “hozirça imkonsiz” degan sözlarini şarhlar ekan.
Ukraina prezidenti fikriça, Rossiya rahbari Vladimir Putin — Yevropa va AQŞ liderlariga qandaydir va’dalar berişi mumkin bölsa-da, Ukrainaning YeIga kirişini “Vengriya orqali, yana kimdir orqali” tösib qöyişga harakat qiladi. “Şuning uçun bizning pozitsiya: şeriklar, şuningdek Rossiya tomonidan ham imzolanadigan hujjatda aniq sana kerak — agar biz tört tomonlama hujjat haqida, 20 bandlik reja haqida gapirayotgan bölsak. Biz bu haqda gapirganimizda, Ukraina xavfsizligi haqida gapiramiz. YeIga a’zolik — Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari hamdir”, — dedi Zelenskiy.
Yanvar oxirida Zelenskiy yana bir bor Ukrainaning 2027 yilda YeIga a’zo bölişi talabini bildirgan. 24 fevral kuni esa Ukraina prezidenti uruşning tört yilligi munosabati bilan Yevroparlament deputatlari oldida Kiyevdan video-aloqa orqali çiqiş qilib, YeIga kiriş uçun “aniq sana” kerakligini aytgan. U, aniq istiqbol bölmasa, Moskva Ukraina yevrointegratsiyasi jarayonini çöziş va Yevropani böliş uçun bor imkoniyatni işga solişini ta’kidlagan.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen öşa kuni Kiyevdagi brifingda Ukrainaning YeIga kiriş sanasini “hozirça aytiş imkonsiz” ekanini bildirgan. Şu bilan birga, u “hozir mamlakat tirik qoliş uçun uruş olib borayotganiga qaramay” Ukraina erişgan taraqqiyotdan hayratda ekanini aytgan.
Yanvar oxirida Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaning tez orada YeIga kirişiga imkoniyat körmayotganini bildirgan. “2027 yil 1 yanvardan a’zolik istisno qilinadi. Bu mumkin emas”, — degan kansler. Şu bilan birga, u Ukrainaga YeIga kiriş yölini oçadigan aniq istiqbol beriş muhimligini aytgan.












