2-3 mart kunlari AQŞ Kongressidagi yopiq sessiyalarda Amerika va Isroil tomonidan Yaqin Şarqda boşlangan yangi uruş yuzasidan hukumat vakillari söroq-savol qilindi.
Prezident Tramp Eronga hujum qilişdan oldin Kongress roziligini olmagan edi.
Kongressdagi eşituvlarda davlat kotibi Marko Rubio, Markaziy razvedka boşliği Jon Retkliff va mudofaa vaziri Pit Hegset iştirok etdi.
“Bu – zaruriyatsiz boşlangan uruş”
Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer yopiq eşituvlardan keyingi bayonotida hukumat a’zolarining javoblaridan umuman qoniqmaganini aytdi:
“Köplab savollar berildi, men ularning javoblarini mutlaqo qoniqarsiz deb hisoblayman. Şaxsan menda bu brifing javob olganimdan köra köproq yangi savollarni uyğotdi.
Bu – Trampning uruşi. Bu – zaruriyatsiz boşlangan uruş. Trampning strategiyasi yöq, u uruşni qanday tugatişni bilmaydi”.
Şumerning sözlariga köra, AQŞ aholisi hukumatdan uruşni emas, narx-navoni pasaytiradigan çoralarni kutayotgan edi:
“Bu – Amerika xalqi xohlagan narsa emas. Amerika xalqi ularni ezayotgan narx-navo oşişiga qarşi samarali harakatlarni istayapti”.
“Bu – zaruriyat emas, tanlov asosida boşlangan uruş. Demokratlar ham, respublikaçilar ham, umuman siyosatga qiziqmaydiganlar ham – deyarli hamma bir fikrda yakdil: biz Yaqin Şarqdagi nihoyasiz uruşlardan zada bölib, çarçadik”, – dedi demokratlar yetakçisi.
“Isroilning maqsadlari uçun amerikalik harbiylar qurbon bölyapti”
AQŞ Senatining razvedka qömitasi a’zosi, demokrat Mark Uorner bu uruşni boşlaşdan AQŞ emas, Isroil manfaatdor bölganini aytdi.
“Oçiq-oydin ta’kidlaşimiz kerakki, eronliklardan Amerika Qöşma Ştatlariga bevosita tahdid mavjud emas edi. Isroilga tahdid bor edi. Agar biz Isroilga tahdidni Qöşma Ştatlarga töğridan töğri tahdidga tenglaştirsak, unda biz xaritada yöq hududga tuşib qolamiz.













