Nemis gaz omborlarida zaxiralar past bölganiga qaramay, Berlin Ukrainaga Germaniyaga tegişli gazni yetkazib bermayapti. Ryugen orolidagi STG terminali orqali faqat tranzit tartibida AQŞ gazi ötmoqda: uni Ukraina kompaniyasi “Naftogaz” Fransiyaning TotalEnergies kompaniyasidan sotib olgan. Bu haqda duşanba, 2 mart kuni Bayerischer Rundfunk (BR24) mediakompaniyasi xabar berdi.
“Bu da’voning heç qanday asosi yöq”, — deya ma’lum qildi BR24’ga Germaniya hukumati vakillari. Şu tariqa ular “Germaniya uçun muqobil” (GuM) partiyasi hamraislaridan biri Alis Vaydel va “Sara Vagenknext ittifoqi” partiyasidan Sara Vagenknext tarqatayotgan iddaolarga munosabat bildirdi.
Fevral oxirida Vaydel şunday degandi: “Germaniyada gaz omborlari deyarli böş, lekin baribir (GFR kansleri Fridrix — tahr.) Mers qolgan gazni Ukrainaga jönatişga qaror qildi”. Bu sözlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Xuddi şu paytda Vagenknext ham şunga öxşaş videorolik bilan çiqiş qilgan.
BR24 eslatişiça, Germaniya TIV hamda iqtisodiyot va energetika vazirligi bu ayblovlarni avval ham rad etgan. Iqtisodiyot vazirligi Bild gazetasiga: Germaniya “Ukrainaga gaz yetkazib berişni, jumladan nemis–ukrain energetik hamkorligi doirasida ham, moliyalaştirmaydi va muvofiqlaştirmaydi”, deb tuşuntirgan. Şuningdek, ular Ryugendagi STG terminali holati “bozor iqtisodiyotidagi oddiy tovar oqimlari” ekanini ta’kidlagan. Vazirlik: “Germaniya yetkazib bermoqda” degan ifoda yangliş tasavvur uyğotadi”, — deya qayd etgan.
Germaniya TIV rahbari Yoxann Vadeful öşanda Vaydelning sözlarini “uyatsiz” yolğon, şuningdek “rossiyaparast propaganda” deb atagan.
BR24 tuşuntirişiça, mojaroga 23 fevraldagi xabar sabab bölgan: “Naftogaz” TotalEnergies’dan gaz sotib oliş böyiça kelişib olganini ma’lum qilgan. TotalEnergies AQŞdan dengiz tankerlarida suyultirilgan tabiiy gazni (STG) Germaniyaning Ryugen oroliga yetkazadi. U yerda gaz qayta gazlaştiriladi (regazifikatsiya qilinadi) va keyin Germaniya hamda Polşa orqali gaz quvurlari bilan Ukrainaga uzatiladi.
— Gap davlatniki emas, tijoriy STG terminali orqali import haqida, — deb tuşuntirdi BR24’ga Germaniya iqtisodiy tadqiqotlar institutining energetika böyiça eksperti Fransiska Xols. — Biz faqat STG uçun tranzit hudud vazifasini bajaryapmiz. Balans nuqtai nazaridan, gaz butun vaqt ukrain ‘Naftogaz’iga tegişli bölib qoladi.
Germaniya Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur) BR24’ga ma’lum qilişiça, nazariy jihatdan nemis gaz omborlaridan Ukrainaga gaz yetkazib beriş ham mumkin. Çunki Germaniyada gazni saqlaş va sotiş bilan xususiy treyderlar va kompaniyalar şuğullanadi. Agar bu ular uçun manfaatli bölsa, ular ukrain kontragentlariga ham gaz sotişi mumkin. Aksinça ham bölişi mumkin: nemis kompaniyalari Yevropaning boşqa mamlakatlarida gazni saqlab, keyin uni Germaniyaga yuborişi.












