Atlanta (AQŞ) şahri jahon çempionati davomida Özbekiston milliy jamoasi qarorgohi böladi, deb xabar berdi ÖFA.
Futbolçilar va murabbiylar ştabi mundial davomida Atlanta şahrida istiqomat qiladi va maşğulotlarni «Atlanta Yunayted» klubiga qaraşli bazada olib boradi.
Guruhdagi raqiblar - Portugaliya Palm Biç Gardensga, Kolumbiya esa Kolambus şahriga joylaşadi.
Turnir davomida FIFA tomonidan 61 ta lokatsiya tanlangan bölib, ular musobaqa iştirokçilarining istiqomat qilişi va maşğulot ötkazişi uçun möljallangan.
Qarorgohlar milliy jamoalar öyinlari ötkaziladigan şahar va stadionlar geografiyasidan kelib çiqib belgilanadi. Guruh bosqiçi davomida iştirokçilar boşqa şaharlarga maxsus charter reyslari orqali yetib borib, öyin yakunlangaç öz qarorgohiga qaytadi.
JÇ-2026 öyinlari AQŞ, Kanada va Meksika stadionlarida 11 iyun – 16 iyul kunlari bölib ötadi.
Özbekiston milliy jamoasi guruh bosqiçida 17 iyun kuni Kolumbiya bilan Mexiko (Meksika) şahrida, 23 iyun kuni Portugaliya bilan Xyuston (AQŞ) şahrida, 27 iyun kuni saralaşdan ötgan jamoa (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) bilan Atlanta şahrida öynaydi.












