AQŞ rahbari bu bayonotni 3 mart, seşanba kuni Oq uyda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uçraşuvda jurnalistlarga muloqot paytida aytdi.

“Men buni oddiy muammo, deb öylagandim. Prezidentlar Putin va Zelenskiy örtasida ulkan nafrat bor. Ba’zan bir tomonni ayblayman, ba’zan ikkinçisini. Nimadir sodir bölişiga işonaman. Bu Ikkinçi jahon uruşidan beri eng oğir uruş”, — dedi Tramp.

Trampning sözlariga köra, sönggi tört haftada Ukrainada 32 ming nafar rossiyalik va ukrainalik askar halok bölgan. AQŞ prezidenti, şuningdek, Ukrainadagi uruşni “ahmoqona” deb atadi va uni töxtatiş uçun ikki tomon ham kelişuvga kelişi kerakligini ta’kidladi. “Tango uçun ikki kişi kerak”, — dedi AQŞ rahbari.

Eron bilan boğliq uruş haqidagi savollarga javob berar ekan, AQŞ prezidenti mamlakatining qurol-yaroğ zaxiralari “juda katta”, “deyarli çegarasiz” ekanini bildirdi. Şu bilan birga, Trampning aytişiça, bu zaxiralarning katta qismini u Oq uy rahbari lavozimidagi avvalgi prezident Jo Bayden “ahmoqona tarzda bepul sovğa qilib” Ukrainaga berib yuborgan. AQŞ rahbari hozir ukrain armiyasi uçun Amerika qurollarini Yevropa mamlakatlari sotib olayotganini eslatdi.

Germaniya kansleri AQŞda ikki kun böladi. Fevral oyi oxirida u Tramp bilan muzokaralar mavzularidan biri AQŞ bojlari bölişini aytgan edi. Mersning sözlariga köra, AQŞ Oliy sudining Tramp joriy qilgan tariflarning bir qismini noqonuniy, deb topgan qarori ortidan Vaşington bilan muzokaralar “nemis kompaniyalari milliardlab mablağlarni qaytarib olişi” uçun zarur.

“Biz bu masala böyiça juda aniq pozitsiyani işlab çiqamiz, çunki tarif siyosati — alohida a’zo davlatlarning emas, Yevropa Ittifoqining işi. Men Vaşingtonga muvofiqlaştirilgan pozitsiya bilan boraman”, — degan edi kansler.

1 mart kuni Mers, şuningdek, AQŞ va Isroil bir kun oldin boşlagan Erondagi uruşni qöllab-quvvatladi. Mamlakatga berilgan zarbalarning xalqaro huquq nuqtai nazaridan qonuniyligi haqidagi savolga kansler Germaniya “dilemma”ni körayotganini aytdi: uning fikriça, ötgan ön yilliklar davomida xalqaro huquq doirasida heç qanday qadamlar Tehron rahbariyatiga nisbatan natija bermagan. Germaniya kansleri nazarida, hozir “hamkorlar va ittifoqçilarga aql örgatadigan payt emas”.