AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi davom etmoqda. Tehron ikki ittifoqçi kutganidek qulagani yöq, davlatning vaqtinça rahbarlarini tayinlab, saylovga tayyorgarlikni ham boşladi. Forslar tinmay arab davlatlarini öqqa tutmoqda, lekin biror arab davlati javob bermayapti. Dunyodagi eng maşhur şahar Dubay jang maydoniga aylandi hamki, arablardan sado çiqqani yöq. Nega? Quyida buning sabablarini izlab köramiz.
Amerikaga boğliqlik
Donald Tramp prezidentlikka kelganidan keyin arab davlatlari bilan juda katta, trillion dollarlik bitimlar imzoladi. Keyin arablardan ana şunça pul olyapman, deb maqtandi. Mister Trampni olisni közlab iş tutuvçi dono siyosatçi deb bölmaydi, lekin arab davlatlari bilan ötkazilgan uzoq muzokaralar, katta-katta kelişuvlar, Isroil boş vaziri bilan seriyali uçraşuvlar yaqin kelajakda nimadir bölişidan darak berayotgandi. Balki arab davlatlarining jimligi öşa kelişuvlarga boğliqdir.
Tramp uruş boşlanganidan keyingi birinçi çiqişida arab davlatlari ham operatsiyada qatnaşmoqçi ekanini aytdi. Uning gaplaridan arablarga ruxsat bermadik, deganini uqiş mumkin. Xullas, arablar Amerikaga öz mudofaasini butkul işonib qöygani va bu unçalik işonçli kelişuv bölmagani şu kunlarda yaqqol körinmoqda.
Birgina BAA misolida olsak, Dubay daqiqasiga millionlab dollar pul yöqotmoqda. Dubay aeroporti dunyodagi eng köp reyslarni amalga oşiradigan tayyoragohlardan biri, mamlakat iqtisodining qon tomiri, pul oqimi şu yerdan boşlanadi, daqiqasiga uçib qönayotgan uçoqlar mamlakatga tinimsiz pul olib keladi. Hozir reyslar qotib qolgan, odamlar uçib ketolmayapti, sayyohlik şirkatlari mijozlari mehmonxonada rejadan taşqari qolişi uçun öz hisobidan pul tölaşga majbur.
Va eng yomoni uruş tugaganidan keyin ham odamlar ança vaqt Dubayga safardan tiyilib turadi, bu – mamlakat uçun katta zarar. Keça amirliklar prezidenti Dubay şahzodasi bilan Dubai Mall'da iftorlik qildi, odamlarga şahar xavfsiz ekanini körsatmoqçi böldi. Bu mamlakat rahbariyati zarbalar yetkazayotgan zarardan qançalik xavotirga tuşib qolganini körsatadi.
Putin Eronni tanqid qildi
Sarlavhani öqib hayron qolgandirsiz, lekin aynan şunday böldi – Vladimir Putin BAA prezidenti bilan telefon suhbati çoğida «Eronning BAAga zarbalarini oqlab bölmasligini, çunki Amerika zarbalar uçun bu davlat hududidan platsdarm sifatida foydalanmaganini» aytdi. Çindan şunaqa, Amerika Eronga dengizdan turib zarba beryapti, Dubayda harbiy bazasi yöq.












