“Ayni paytda Hörmuz böğozi Islom Respublikasi harbiy-dengiz kuçlari töliq nazorati ostida”, — dedi mamlakat dengiz kuçlari vakili Muhammad Akbarzoda. Bu bayonot 4 mart, çorşanba kuni Eronning Fars axborot agentligida e’lon qilindi.
Uning aytişiça, uşbu yölak orqali ötişga uringan har qanday kema Eron raketalari yoki uçuvçisiz apparatlari (dronlar) hujumiga uçraş xavfiga ega.
Bundan oldin AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Fors körfazidagi eng muhim dengiz yöli orqali ötayotgan neft tankerlarini qöriqlaşga tayyor ekanini bildirgan. “Zarur bölsa, AQŞ HDK tankerlarni Hörmuz böğozi orqali imkoni boriça tezroq kuzatib ötişni boşlaydi”, — deb yozgan u 3 mart kuni özining Truth Social platformasida.
Şuningdek, u AQŞning Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC)ga Fors körfazi mintaqasidagi barça tijoriy kemalar uçun suğurta va kafolatlar ta’minlaş böyiça topşiriq berilganini ma’lum qildi. AQŞ prezidentiga köra, bu dengiz savdosini, jumladan neft tankerlarini himoya qiliş uçun qilinmoqda.
Bu orada AQŞ harbiylari uruş boşlanganidan buyon Eronning 17 ta kemasini, jumladan bir suvosti kemasini yöq qilganini, şuningdek mamlakat hududida qariyb 2000 ta nişonni urib tuşirganini bildirdi. AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) rahbari, AQŞ HDK admirali Bred Kuper X ijtimoiy tarmoğida joylangan videoda: “Bugun Fors körfazi, Hörmuz böğozi va Ummon körfazida Eronning bitta ham kemasi qolmagan”, — dedi.
Isroil va AQŞ 28 fevral kuni ertalab Eron hududiga zarba berişni boşladi. Tramp Islom Respublikasining yadroviy dasturini yöq qiliş niyati borligini aytdi va Eron armiyasini qurol taşlaşga, mamlakat aholisini esa “taqdirini öz qöliga olişga” çaqirdi.
Eron davlat OAV 3 mart kuni Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, zarbalar natijasida mamlakatda kamida 787 kişi halok bölgan. Eron oliy rahbari Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli kuç tuzilmalari vakillari halok bölgani ham tasdiqlangan. Eron javoban Isroilga va Fors körfazining bir neçta davlatlariga zarba bergan — u yerlarda ham halok bölganlar bor. Tehron arab davlatlari bilan urişmayotganini, balki mintaqadagi AQŞ harbiy bazalariga zarba berayotganini ta’kidlamoqda.
Isroil va AQŞning Eronga qarşi uruşi neft va gaz narxlarining keskin oşişiga olib kelgan. Eron öz hududiga zarbalar berilganidan keyin, jahon nefti yetkazib berişining taxminan 20 foizi va STG (suyultirilgan tabiiy gaz)ning 30 foizigaça qismi ötadigan Hörmuz böğozida kemalar qatnovi töxtatilişini e’lon qildi. Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, Tehron qaroridan keyin kamida 150 ta neft tankeri böğoz yaqinida töplanib qolgan. Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, bu arteriyadan kemalar ötişi butunlay töxtasa, sutkasiga 10 mln barrel miqdorida tanqislik yuzaga kelişi mumkin — bu jahon iste’molining 10 foiziga teng.













