Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda 1983 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro boşqaruvidagi “Spark” rusumli avtomaşina töxtatildi. Tekşiruv natijasida transport vositasining salon qismida 9960 dona “Zardeks” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Ikkinçi holatda qöşni davlatdan kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini kontrabanda yöli bilan olib kirib, Toşkent şahridagi jinoiy şeriklariga yetkazib beriş bilan şuğullangan Quvasoy şahrida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşina Namangan viloyati Pop tumanidagi YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirildi. Natijada avtomaşina eşiklarining içki qismiga yaşirilgan holda 8000 dona “Zardeks” hamda 309 gramm “gaşiş” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum böldi.
Boğdod tumanida qayd etilgan holatda esa Qöqon şahrida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinadan 1691 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari olindi.
Şuningdek, Farğona tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda 2001 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro özining 1991 yilda tuğilgan jinoiy şerigi vositaçiligida 1274 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dorini xaridorga 56 mln sömga sotiş paytida uşlandi.
Ma’lum qilinişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












