Ma’lum qilinişiça, Özbekistonning Qatardagi favqulodda va muxtor elçisi Aşraf Xöjayev Doha portiga taşrif buyurib, Celestine cruises kemasida bölgan 71 nafar vatandoş bilan uçraşdi. Suhbatda ularga yuzaga kelgan vaziyat böyiça batafsil ma’lumot berilgan.
Xususan, Özbekiston hukumati Qatarning tegişli idoralari bilan hamkorlikda vatandoşlar xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, vaziyatdan kelib çiqib ularni vatanga qaytariş mexanizmlarini işlab çiqayotgani ta’kidlangan.
Şuningdek, Qatar turizm taşkiloti bilan kelişilgan holda 91 nafar fuqaro munosib turar joy bilan ta’minlandi.
Elçixona vakillari Grand Regal, Hampton, Jouri Al Murwab va Retaj Al Rayyan mehmonxonalariga taşrif buyurib, u yerlarda vaqtinça istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida aniq ma’lumot töplagan hamda ularning röyxatini şakllantirgan. Qayd etilişiça, bu ehtimoliy evakuatsiya yoki boşqa taşkiliy çora-tadbirlarni muvofiqlaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda Qatar havo hududi yopiqligiça qolmoqda. Mamlakatda bölib turgan xorijiy sayyohlar esa qöşimça rasmiy ma’lumot berilişini kutmoqda.












