Toşkentda 10 mart – Xalqaro ayol sudyalar kuniga bağişlangan tantanali uçraşuv bölib ötdi. Mamlakat tarixida ilk bor Özbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi taşkil etildi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva uşbu voqea munosabati bilan barçani samimiy qutladi.

«Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zöravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilişga qaratilgan muhim farmon qabul qilindi. Bu – inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini “an’ana” niqobi ostiga yaşirişga, mavqei yoki mansabi bilan xaspöşlaşga urinayotgan kimsalarga qarşi murosasiz qadamdir. Bu borada sudyalar hal qiluvçi öringa ega: qonun şunday işlaşi kerakki, jinoyatçi uçun bahona ham, “tuynuk” ham qolmasin.

Bunga erişiş uçun sudyalar, huquqni muhofaza qiluvçi va tergovga qadar tekşiruv organlari faoliyatining samaradorligi, mas’uliyati yanada oşiriladi hamda zöravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilişi ta’minlanadi.

Birinçi bor aynan uşbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Men buni qat’iyati va halolligi bilan odil sudlovni amalga oşirayotgan insonlarga bölgan yuksak hurmat ifodasi, deb bilaman.

Zöravonlik atrofdagilar sukuti va mazlumlarning qörquvi ortiga aslo yaşirina olmasligi kerak. Biz ana şunday muhitni barpo etişni maqsad qilganmiz», dedi Saida Mirziyoyeva.