Naqd pul muomalasiga çeklovlar: bu qançalik samarali?
|22:30 / 06.03.202613 17511 min
Katta summadagi oldi-berdilarni faqat bank orqali amalga oşiriş talabi – iqtisodiyotni oqartiriş yöllaridan biri, lekin şuning özi yetarli emas: sabablarga e’tibor qaratiş va tadbirkor nima uçun qora bozorda işlayapti degan savolga javob kerak, deydi Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov. Bank va tölov tizimlarining komissiyalari sabab odamlarni ulkan xarajatlar kutadi, deydi u.
2026 yildan boşlab tadbirkorlik sohasidagi öyin qoidalarida jiddiy özgarişlar böladi.
1 apreldan avtomobil (işlab çiqarilganiga 10 yildan oşmagan) va köçmas mulk oldi-sotdisi hamda 25 mln sömdan yuqori har qanday xaridlar (qişloq xöjaligi mahsulotlari bundan mustasno) faqat naqdsiz şaklda amalga oşirilişi talabi qöyilmoqda.
Benzin, metan, propan, dizel quyiş şoxobçalari va elektromobillarni zaryadlaş stansiyalarida ham faqat naqdsiz tölaş mumkin böladi. Plastik kartasi bölmagan odam qonuniy ravişda alkogol va tamaki mahsulotlari sotib ololmaydi. Xuddi şunday, kommunal tölovlar va davlat xizmatlari uçun tölovlar ham faqat naqdsiz şaklda qabul qilinadi.
Bundan taşqari, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, omborda uzoq turib qolgan import mahsulotlar soliq tekşiruviga asos bölişi mumkin. Şu sanadan e’tiboran köçmas mulk obektlari va quriliş materiallari böyiça soliq bazasi uşbu tovarlarning bozor bahosidan kelib çiqib aniqlanadi.
Bu yangi qoidalar tadbirkorlar uçun nimani anglatadi? Qaysi normalar qöşimça majburiyatlarni keltirib çiqaradi?
Kun.uz muxbiri şu kabi savollar yuzasidan soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov bilan suhbatlaşdi.
Köçmas mulk oldi-sotdisida aylanib ötiş bölaveradi
— (2025 yil 10 dekabrda qabul qilingan PF-246) farmonda yaşirin iqtisodiyotning oldini olişga qaratilgan köp tadbirlar belgilangan. Bundan birinçisi – aynan naqdsiz tölovlarni majburiy qilib qöyiş. Bunda rasmiy maqsad naqd pulni yöqotiş, naqdsiz tölovlarni kengaytiriş bölsa, asl strategik maqsad – qora bozorning oldini oliş.
Mavzuga oid
Eng katta ta’sir çoralaridan bittasi – 25 mln sömdan yuqori savdo munosabatlari naqdsiz amalga oşirilişi kerak. 26 mln sömlik mebel sotib olsangiz ham yo şartnoma qilib, yoki plastik karta orqali tölov qilişingiz şart böladi. Katta ta’sir çoralaridan yana biri – köçmas mulk va avtomobil oldi-sotdisi ham naqdsiz hisob-kitob qilinadi.
Köçmas mulk bilan munozarali holatlar köp tilga olinadi. Mas’ullarning izohlaşiça, 100 ming dollarga uy oldi-sotdi qilinganda notariusda 100 mln söm qilib körsatişadi, mobodo tomonlar kelişolmay qolsa, uyni qaytaradigan odam 100 ming dollar söraydi, sotgan odam esa “100 mln söm olganman” deb turadi. Maqsad – şu nizoni yöq qiliş deb aytilgan bölsa-da, aslida pul oqimini, daromadlarni nazorat qiliş masalasi turibdi.
Bu yerda yana bir masala bor: şu paytgaça odamlar qanday qilib notariusda 100 mln söm körsatib, aslida uyni 100 ming dollarga sotgan bölsa, buni yana davom ettiradi. 100 mln söm bankdan ötadi, qolgan pul naqd dollarda oldi-berdi böladi. Ya’ni agar sababini örganib, yeçim qilinmasa, köçmas mulk savdosidagi qora bozorni bu yöl bilan oqqa olib ötib bölmaydi.
Yeçimlar sabablarga qaratilişi kerak
— 25 mln sömdan yuqori oldi-sotdilarga kelsak. Qora bozorda yurgan, “kargolar” orqali kirib kelgan tovarlar xohlasangiz ham oqqa ötmaydi – nazorat kuçaymasa. 100 foiz naqdsiz qilasiz degan taqdirda ham, oqqa ötmaydi.
Köp hollarda tadbirkorlarda, deylik, buxgalteriya böyiça 2 mlrd sömlik qoldiği bor. Tekşiruv kelganda aslida öşa summa bölmasligi mumkin. Tovarni tarqatib bölişgan, naqd pul boşqa “oborot”da aylanib turibdi. Tekşiruv riski yuzaga kelganda, köpçilik naqdga sotdim deb kassaga urib qöyadi. Naqdga sotsa, pulni topşiriş ixtiyoriy. Tovarni naqdga sotib yuborib, pulni keyin qora bozorda aylantirayotgan holatlarning oldini oliş uçun ham naqdsiz hisob-kitoblar talabi qöyilyapti. 1 mlrd sömlik tovarni naqdga sotdim deb bemalol urişardi, endi bunday bölmaydi, çunki tölov naqdsiz amalga oşirilişi kerak.
Berkitaman degan odam baribir aylanib ötaveradi. Faqat çeklovlar bilan qora bozorni oqqa olib ötiş imkonsiz. Albatta, bu instrumentlardan bittasi, ammo birgina instrument yetarli emas. Nima uçun qorada işlayapti, degan savolga javob izlaş kerak böladi. Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan işlaş kerak. Naqdsiz tölovlarga ötiş oqibat bilan kuraşiş hisoblanadi.
Kiberxavfsizlik va komission xarajatlar
— Biz şu qaror loyihasi muhokama qilinayotganda kiberxavfsizlik masalasini kim zimmasiga oladi, degan savolni örtaga taşlaganmiz – heç kim mas’uliyat olmagan. Kartadagi pullarni bitta haker ötirib olib öğirlamaydi, bank içida ham ularning hamtovoqlari böladi. Oddiy misol, kartaga 100 mln söm dividend tuşirsak, ertasigayoq çet eldan qönğiroqlar boşlandi. Kötarsangiz, firibgarlar “kartangizga hujum bölgan ekan, sizni himoya qilişimiz kerak” deb gap boşlaydi. Kartada kiçik summalar bölganda telefonlar bölmaydi, lekin bugun pul tuşsa, bugun telefon qilişadi. Demak, kimdir ularga xabar beradi... Maqsad töğri, ammo kafolatini kim oladi?
Ikkinçi masala – bank komissiyalari. Faqat köçmas mulk emas, avtomobillar oldi-sotdisi ham naqdsiz bölişi kerak. Bu juda katta pul bank orqali aylanadi degani. Agar bank buni bepul qilib beraman desa, muammo yöq, lekin hali biror bank bunaqa qilişiga közim yetmaydi. Yirik xaridlarda notarius xarajatlaridan taşqari bankka yana kamida 20–25 million tölaş kerak böladi: pulni kartaga kiritiş va kartadagi pulni boşqa odamning kartasiga ötkaziş – komission xarajatlarni keltirib çiqaradi.
Import oziq-ovqatlar masalasi
— Farmonga köra, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari 9 oy davomida sotilmasa (göşt va meva-sabzavotlar uçun bu muddat 3 oy), bu holat sayyor soliq tekşiruviga asos böladi. Deylik, yil boşida 10 mlrd sömlik tovar olib kelib qöydi. Köp hollarda tadbirkor tovarni uşlab turmaydi, distribyutsiya orqali tarqatib yuboradi, undan keyin qolgan naqd pul qora bozorda işlaşga xizmat qiladi. Bu narsaning inkassatsiyasini körsatsa, pulni keyingi oborotga çiqarişi kerak, bu esa sotib qöyilgan narsani rasman körsatsak, QQS tölaşimizga töğri keladi degani. Şu narsadan qoçilayotgan holatlar köp. Ombordagi mahsulotlar allaqaçon sotilgan, ammo puli inkassatsiya qilinmagan böladi.
Bundan taşqari, mevalar masalasi bor: deylik, banan olib kelinsa, 1 oyda öz xususiyatini yöqota boşlaydi. Olib kelgaç sotib yuborib, yil oxirigaça ham sotilmadi deb körsatadigan tadbirkorlar ham bor. Umuman, mevalarda şunday qilişadi, noyabr–dekabrlarda yana olib kelmoqçi bölsa, pul inkassatsiya qilinadi, ungaça pul qora bozorda aylantiriladi. Şunga aslida meva va göşt mahsulotlari tez eskirgani uçun 3 oy, qolgan oziq-ovqat mahsulotlari 9 oygaça sotilmay omborda tursa, sayyor soliq tekşiruvi ötkaziladi.
Bu yangi qoida toza işlayotgan tadbirkorlarni xavotirga solmaydi. Sayyor tekşiruv paytida tovar haqiqatan ham haligaça omborda turgan bölsa, muammo yöq. Yöq bölsa, keyin jarima qilinadi. Ham soliq tölaydi.
Köçmas mulk va quriliş materiallariga soliq – “bozor qiymati” asosida
— Şu paytgaça Soliq kodeksining 248-moddasi işlatib kelindi, tovarlar bozor bahosidan past narxda sotilsa, bozor narxini qöllaş mumkin, deyilgan edi. Bu hamma tovarlarga emas, bepul berilgan va ayirboşlangan tovarlar uçun edi. Amaliyotda tekşiruvçilar bu normaga töğri kelmasa, tadbirkorlarga sotgan mahsulotini bozor narxida hisoblab, milliardlab soliq hisoblab kelişdi.
Bu normaning qançalik riski bor edi desangiz, u korrupsiya uçun yaxşi xizmat qildi. Bozor narxining aniq tartibi yöq. Bu farmon böyiça aniq tartib çiqişi mumkin, ammo şunda ham bu soliqlarning aniqlilik prinsipiga töğri kelmaydi. Bozor narxidan arzon narxga sotib qöysa, tadbirkor neça puldan soliq tölayman degan narsani aniq bilişi kerak. Deylik, men biror quriliş materialini 10 sömdan olib kelib, 20 sömdan sotdim. Bozor narxi qança: 30 sömmi, 40 sömmi yoki 45 sömmi? Agar 40 söm deb belgilamasam, kim bozor narxini 50 söm deb belgilamasligiga kafolat beradi? Bu aholiga qimmatroq mahsulot sotişga tarğibotmi? Şu kungaça bozor narxini qöllaş yaxşilikka xizmat qilmadi.
Köçmas mulk masalasida noaniqlik bor. Nima bozor narxiga köra hisoblanadi: mol-mulk soliğimi yoki mulkni sotişmi? Bu talab yuridik şaxsga taalluqlimi yoki jismoniy şaxsgami? Agar jismoniy şaxsga bölsa, u xohlagan puliga sotmaydimi degan savol bor. Bu böyiça köp mavhumliklar bor.
Prezident huzuridagi kengaşda bu masalani muhokama qilayotganimizda “yangi uylarning kvadratini 1 mln sömdan qilib sotayotgan quruvçi kompaniyalar bor, bu normani öşalarga qöllaymiz” deyişgan edi. Lekin matnni öqisangiz, köçmas mulkka soliq soliş maqsadida bozor narxida hisoblayman, deyilyapti.
Yangi uylarning ham har xili bor: pişgan ğiştdan qurilayotganlari, penoblokdan qilinayotganlari bor, qora suvoqdan çiqarib topşirilayotganlari yoki “korobka” topşiriladiganlari bor, ta’miri bilan beriladiganlari bor… Şahar markazi yoki çekkasi – joylaşuviga qarab ham narx farqlanadi. Bir joyda ta’miri bilan metr kvadrati 1000 dollar bölsa, boşqa joyda “korobka” holida 400 dollar turibdi. Qaysi biri bozor narxi degan narsaga aniqlik kiritilmasa, doimiy munozaraga olib keluvçi, natijada korrupsiyani keltirib çiqaradigan masalaga aylanadi.