Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Ohangaron tumanida navbatdagi reyd tadbiri ötkazildi.
Reyd davomida tumanning «Qorasuvyoqa» mahalla fuqarolar yiğini hududida «F.A.B.» fermer xöjaligi tomonidan 11,5 gektar yer maydonida 100 dan ortiq köp yillik manzarali daraxtlar va butalar noqonuniy tarzda kesilgani hamda ildiz qismi bilan qöporib kömib taşlangani ma’lum böldi.
Örganişlar davomida 59 tup daraxtning ildiz qismi aniqlangan. Ildizlar yöq qilib yuborilmasligi uçun hududga faollar jalb qilinib, navbatçilik işlari taşkil etilgan.
Huquqbuzarlik natijasida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qaroriga muvofiq tabiatga 1 milliard 463 million 12 ming söm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu qarorga köra, davlat örmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt va butalar moratoriy davrida kesilganda, yetkazilgan zarar miqdori ikki baravarga oşiriladi.
Holatga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.












