2018-2023 yillarda Özbekistonda noqonuniy qurilgan 38 ming xonadonli köp qavatli turar joy majmualari işi yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani xabar qilindi.
Bu haqda Milliy kontent işlab çiqaruvçi markazda ötgan matbuot anjumanida quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov ma’lumot berdi. Uning aytişiça, jami 570 ta köp qavatli uydan iborat 170 ta obekt muammoli loyiha deb topilgan, ular qonunçilikka amal qilmay qurilgan.
“Masalan, qaysidir tadbirkor loyihani ekspertizadan ötkazmagan yoki nazorat inspeksiyasidan röyxatdan ötmay quriliş qilgan, yana qaysidir biri binoni qurişda öz hududidan 40-50 sm taşqariga çiqib ketgan, auksiondan yer sotib oliş jarayoni va şu kabi juda köp holatlarga taalluqli muammolar aniqlangan. Bu masala böyiça hukumat yiğilişi ötkazildi. Unda huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbariyatlari ham qatnaşdi”, - deydi vazir.
Hozirgi kunga qadar 38 ming xonadonli 570 ta köp qavatli uylarning 90 foizi instrumental tekşiruvlardan ötkazilgan va bu jarayon davom etayotgani qayd etildi.
“Raqamlaştirib qöyganimizdan keyin bugungi kunda hamma narsaning izi bor. Heç kim ruxsat bermayapti. Agar korrupsiya bölganida 38 mingta xonadonning hammasi hujjat qilgan bölar edi. Korrupsiya yöqligidan dalolat heç qaysi biri hujjat qila olmayapti.
Tartibi bor, bu böyiça hukumat yiğilişi ham böldi. U yerda huquqni muhofaza qiluvçi organlar qatnaşdi, hammasi körib çiqilib, e’lon qilindi. Hozir har binoning instrumental tekşiruvlari ötkazilyapti. 90 foizi ötkazildi.
Instrumental tekşiruv natijasiga köra, aholi xonadon sotib olgani uçun ruxsat beriş tizimi ham işlab çiqilyapti. Öşa uylarga yonğin xavfsizlik normalari bor, birinçi navbatda „dom“ qurişda xavfsizlik normalariga qay darajada amal qilingani, şuningdek, aholiga yaratilgan qulayliklar: bolalar maydonçasi, avtomobil turargohlari va boşqalarning bor yoki yöqligi tekşirilyapti, yeçimlarni ham körsatib beryapmiz”, – dedi u.
Qöşimça qilinişiça, bu masalada prokuratura organlari ham şuğullanyapti. Noqonuniy quriliş işlarini amalga oşirgan tadbirkorlarga jinoiy iş qözğatilgan, ular jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Hidoyatov 170 ta obektning zilzilabardoşliligi tekşirilişi, instrumental körik xulosasi asosida buzilişi yoki buzilmasligi mumkinligini aytdi.












