Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yurituvçi «S.M.» MÇJ rahbari öz huquqlarini himoya qilişni sörab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.
Aniqlanişiça, Taxiatoş tuman soliq inspeksiyasi ötkazilgan sayyor soliq tekşiruvi natijasiga köra, tadbirkorlik subektiga nisbatan 10 mln söm miqdorida moliyaviy jarima qöllagan.
Örganişlar natijasida tekşirişning belgilangan tartiblari hamda qaror qabul qilişda Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021 yildagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Soliq tekşiruvlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizom talablari buzilganligi ma’lum bölgan.
Xususan, tekşiriş dalolatnomasi jamiyat rahbari yoki vakillari iştirokisiz tuzilgan, tekşirişlarni röyxatga oliş kitobi töldirilmagan, tekşiruvga xolis guvohlar jalb etilmagan.
Mazkur holat yuzasidan körilgan çoralar natijasida soliq inspeksiyasi mansabdor şaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sud qarori bilan ularga BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Şuningdek, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi soliq organining qarorini haqiqiy emas deb topdi.












