Donald Tramp ma’muriyatida qat’iy immigratsiya siyosatiga rahbarlik qilib kelgan Kristi Noem mart oyi oxirida AQŞ içki xavfsizlik vaziri lavozimini tark etadi. Uning örniga AQŞ prezidenti Donald Tramp respublikaçi va Kongress Senati a’zosi Markueyn Mallinni tayinlaşni taklif qildi. Bu haqda Tramp 5 mart, payşanba kuni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi.

Kristi Noemni işdan böşatiş taşabbusini Vakillar palatasidagi demokratlar kötargan, ularning talablariga bir neça respublikaçilar ham qöşilgan. Migrantlarga nisbatan keskin ommaviy tanqidi bilan tanilgan Noemning iste’fosi Minneapolisda AQŞning ikki fuqarosi — Rene Gud va Aleks Pretti migratsiya xizmatlari xodimlari tomonidan öldirilişi atrofidagi mojaro tufayli yuz berdi. Vazir ularni «içki terroristlar» deb atagan va Gud hamda Prettining halok böliş holatlari aniqlanganidan keyin ham bu sözlari uçun uzr söraşdan boş tortgan.

Qöşimça sabab sifatida qiymati 220 million dollar bölgan reklama kampaniyasi ham körsatildi. Unda Kristi Noem Raşmor toği fonida ot ustida suratga tuşgan. Kongressdagi eşituvlarda u bu kampaniya budjeti şaxsan Donald Tramp tomonidan ma’qullanganini aytgan, ammo Tramp Reuters agentligi bilan suhbatda Noemning bu sözlarini rad etgan.

Truth Social’dagi postida Donald Tramp Kristi Noemga işidagi «ta’sirli natijalari» uçun minnatdorlik bildirdi va u AQŞ ma’muriyatida Ğarbiy yarimşarda xavfsizlikni ta’minlaş bilan şuğullanadigan yangi tuzilmaga rahbarlik qilişini aytdi.

Noemning vorisi Markueyn Mallin, uni hali AQŞ Senati tasdiqlaşi kerak, Trampning qat’iy immigratsiya siyosatini qöllab-quvvatlovçilardan biri hisoblanadi. Mallin ön yilni Vakillar palatasida ötkazgan, 2023 yilda esa Senatga ötgan. U çegara xavfsizligi va AQŞda yaşaş uçun ruxsatnomasi bölmagan migrantlar jinoyatçiligiga qarşi kuraşga e’tibor qaratadi. Şu bilan birga, Reuters qayd etişiça, immigratsiya siyosatining haqiqiy me’mori Tramp ma’muriyati rahbari örinbosari Stiven Miller bölib qolmoqda.