Özbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) quriladigan hudud va maydonçalarga qöyiladigan talablar tasdiqlandi. Şu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi tomonidan qabul qilinib, Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.

Qaror atom elektr stansiyasini joylaştirişda hududning geologik, seysmik, gidrologik hamda ekologik xususiyatlarini baholaş tartibini belgilaydi. Unga köra, AES qurilişi uçun maydon tanlaşda tabiiy va texnogen xavflar, atrof-muhitga ta’siri hamda aholi xavfsizligi bilan boğliq omillar hisobga olinişi lozim.

Qoidalarga köra, atom elektr stansiyasini faol tektonik yoriqlar mavjud hududlarda, yer osti suvlari sathi yuqori bölgan joylarda yoki zilzila ehtimoli 8 balldan yuqori bölgan hududlarda qurişga yöl qöyilmaydi. Şuningdek, karst jarayonlari keng tarqalgan yoki ekologik qonunçilikka muvofiq taqiqlangan hududlarda ham AES qurilmaydi.

Qarorda atom elektr stansiyasi loyihasini işlab çiqişda zilzila, suv toşqinlari, kuçli yoğingarçilik, köçki, şamol ta’siri kabi tabiiy hodisalar ehtimoli alohida baholanişi belgilangan. Bundan taşqari, AES atrofida joylaşgan texnogen xavf manbalari, jumladan portlovçi moddalar omborlari, neft va gaz quvurlari, sanoat korxonalari hamda transport yöllari ham hisobga olinişi kerak.

Hujjatga muvofiq, AES loyihasida atrof-muhit monitoringi, radiatsiya tarqaliş ehtimoli, suv va tuproqning ifloslaniş xavfi ham muntazam nazorat qilinadi. Ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot atrof-muhit holatini kuzatiş böyiça monitoring tizimini joriy etişi va uning natijalarini stansiyaning butun faoliyati davomida qayd etib borişi şart.

Şuningdek, hujjatda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini himoya qiliş çoralarini rejalaştiriş tartibi ham belgilangan. Jumladan, evakuatsiya rejalari işlab çiqilişi, transport kommunikatsiyalari hisobga olinişi hamda AES atrofidagi hududlarda aholi ziçligi nazorat qilinişi közda tutilgan.

Mazkur talablar atom elektr stansiyasi qurilişi va ekspluatatsiyasi jarayonida radiatsiya xavfsizligini ta’minlaş, aholi va atrof-muhitni himoya qilişga qaratilgan. Hujjat talablari buzilgan taqdirda aybdor şaxslar qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.