Amerikalik harbiy tergovçilar AQŞ qöşinlari Eron janubidagi Minob şahridagi qizlar maktabi atrofidagi zarba uçun javobgar bölişi ehtimolini yuqori deb hisoblamoqda. Islom Respublikasining davlat OAV ma’lumotiga köra, 28 fevral kuni raketa tuşişi oqibatida u yerda kamida 175 kişi, jumladan köplab bolalar halok bölgan. Bu haqda 5 mart, payşanba kuni Reuters agentligi ikki nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar qildi.
Ayni paytda tergov hali yakunlanmagan va tergovçilar hozirça uzil-kesil xulosaga kelmagan.
AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset 4 mart kuni amerikalik harbiylar uşbu hodisani tekşirayotganini tasdiqladi. “Biz, albatta, heç qaçon fuqaroviy obektlarni nişonga olmaymiz. Lekin biz buni örganyapmiz va tergov qilyapmiz”, — dedi u brifing çoğida.
Isroil mudofaa armiyasi (TSAHAL) vakili Nadav Şoşani esa 1 mart kuni jurnalistlarga, 28 fevral kuni “uşbu hududda” Isroilning biror harbiy operatsiyasi bölgani haqida “hozirça” unda ma’lumot yöqligini aytgan.
Şu bilan birga, The New York Times (NYT) öz tahlili natijalariga köra, maktab binosi yaqin atrofda joylaşgan va Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK, Eron qurolli kuçlarining elita qismi) nazoratidagi dengiz bazasiga qilingan hujumlar bilan bir vaqtda berilgan yuqori aniqlikdagi zarba oqibatida jiddiy şikastlanganini xabar qildi.
NYT yozişiça, Hörmuz böğozi yaqinida joylaşgan, IIMK bazasi bor hududda AQŞ kuçlari dengiz nişonlariga zarba bergani haqidagi rasmiy bayonotlar aynan şu hujumni, ehtimol, AQŞ amalga oşirganini taxmin qiliş imkonini beradi. Gazeta Planet Labs provayderining sun’iy yöldoş suratlarini tahlil qilgan. Naşr aniqlaşiça, öşa kun Eronda iş haftasining boşlanişi bölgani uçun zarba paytida bolalar va öqituvçilar sinfxonalarda bölgan.
Suratlarda kamida oltita IIMK binosi, şuningdek maktab ham bir neçta yuqori aniqlikdagi zarbalarga uçragani körinadi. IIMK dengiz bazasidagi törtta bino töliq vayron qilingan, yana ikkita bino tomida ham zarba izlari körinadi.
Ilgari AQŞ Havo kuçlarida xizmat qilgan va Pentagonda fuqaroviy qurbonlar masalalari böyiça katta maslahatçi sifatida işlagan milliy xavfsizlik masalalari böyiça tahlilçi Ues Brayant maktab “nişon sifatida notöğri aniqlangan” deb hisoblaydi. Uning fikriça, amerikalik harbiylar obektga hujum qilganida u yerda köp sonli fuqarolar bölişi mumkinligini anglamagan.
Gazetaning aniqlaştirişiça, Brayant Donald Tramp ma’muriyatiga tanqidiy munosabatda.


















