Qatar AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi mintaqa energetika resurslari ta’minoti uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. Agar vaziyat özgarmasa, Fors körfazida neft qazib oluvçi barça mamlakatlar bir neça hafta içida qazib olişni töxtatişi mumkin, dedi Qatar energetika vaziri Saad al-Kaabi 6 mart, juma kuni e’lon qilingan The Financial Times gazetasiga bergan intervyusida. Uning sözlariga köra, bunday holatda neft narxi bir barrel uçun 150 dollargaça kötarilişi mumkin.
“Hali fors-major haqida e’lon qilmagan barça tomonlar, agar vaziyat özgarmasa, yaqin bir neça kun içida şunday qilişini kutyapmiz. Fors körfazi mintaqasidagi barça eksport qiluvçilar fors-major e’lon qilişga majbur böladi. Agar bu uruş yana bir neça hafta davom etsa, bu butun dunyo böylab YaIM ösişiga ta’sir qiladi. Hamma uçun energiya taşuvçilar narxi oşadi. Ayrim tovarlar taqçilligi yuzaga keladi va bu zanjirli reaksiyani keltirib çiqaradi: köplab zavodlar yetkazib berişni ta’minlay olmaydi”, — dedi al-Kaabi.
Eron bilan uruş va Hörmuz böğozining uzoq vaqtga yopilib qolişi haqidagi xavotirlar neft narxlarini allaqaçon keskin yuqoriga surdi. 6 mart kuni Brent rusumidagi neft narxi bir barrel uçun 87,66 dollarga kötarildi — bu 2024 yil iyulidan beri eng yuqori körsatkiç böldi. AQŞ va Isroilning Eronga zarbalari boşlanganidan beri Brent narxi 20 foizdan ortiqqa qimmatlaşdi.
Qatar vazirining aytişiça, hozirda tankerlarning Hörmuz böğozi orqali ötişi juda xatarli. AQŞ va Isroilning Eronga qarşi operatsiyasi boşlanganidan beri uşbu suv yölida kema qatnovi deyarli töxtab qolgan. Bir neçta kema allaqaçon şikastlangan. Suğurta badallari sönggi vaqtlarda keskin oşib ketgan, kemaçilik kompaniyalari esa öz kemalari va ekipajlarini xatar ostiga qöyişga tayyor emas.
AQŞ va Isroil Eronga zarbalarni 28 fevral kuni boşlagan. Tehron bunga javoban Isroil va Fors körfazidagi AQŞ ittifoqçi davlatlariga raketa va dronlar bilan hujum qilmoqda, şuningdek Hörmuz böğozini töliq yopib qöyiş bilan tahdid qildi. 2 mart kuni Eron zarbalari tufayli Qatar suyultirilgan tabiiy gaz (STG) işlab çiqarişni töxtatganini e’lon qildi. Bu mamlakat hissasiga jahon STG eksportining taxminan 20 foizi töğri keladi.


















