7 mart kuni Toşkent şahrining Nurafşon va Labzak köçalari kesişgan çorrahada yöl-transport hodisasi röy berdi. Bu haqda jamoatçilik faoli Anvar Nazrulloh Facebook sahifasida xabar berdi.

“Mana şu avariya şundoqqina köz öngimda sodir böldi. Nurafşon köçadan uçib kelgan maşina Labzak çorrahasida özini eplolmay ustunga urildi. Maşinadan esa 4 ta maktab bolasi tuşib keldi. Ruldagi bola oq formada edi. Şunça gap-söz boşqa sayyorada bölayapti, bular esa boşqa sayyorada yaşaydi”, – deya yozdi u.

Avvalroq xususiy maktab öquvçisi BMW avtomobilini boşqarib, yöl-patrul xodimining ölimiga sabab bölgan, şundan keyin Yöl harakati xavfsizligi xizmati respublika böylab kuçaytirilgan reydlar ötkaza boşlagandi.

Bu reydlar davomida 26 fevraldan 4 martgaça bölgan davrda 7713 ta qöpol yöl qoidabuzarligi aniqlanib, 5300 ta maşina jarima maydoniga qöyilgan. Huquqbuzarlar orasida 66 nafar voyaga yetmagan şaxs ham bor.