AQŞ razvedkasi ma’lumotlariga köra, katta ehtimol bilan, Xitoy Eronga moliyaviy yordam körsatişni, şuningdek, raketalar uçun ehtiyot qismlar va butlovçi qismlarni yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor bölgan manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. 

«Xitoy qöllab-quvvatlaş masalasida ehtiyotkorroq. Ular uruş tugaşini istaşadi, çunki bu ularning energiya ta’minotiga tahdid soladi», – degan telekanal suhbatdoşlaridan biri. 

The Washington Post manbalariga köra, ikki mamlakat örtasidagi yaqin aloqalarga qaramay, Xitoy hozirça Eronga yordam bermayapti.

Reuters 5 mart kuni Xitoy Eron bilan neft tankerlari hamda Qatarning suyultirilgan gazi yuklangan kemalar Hörmuz böğozi orqali xavfsiz ötişini ta’minlaş böyiça muzokaralar olib borayotgani töğrisida xabar bergandi. Agentlik manbalarining sözlariga köra, öz neft importining 45 foizga yaqin qismini uşbu böğoz orqali amalga oşiradigan Pekin Tehrondan tankerlar uçun xavfsiz yölni talab qilmoqda.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Rossiya Eronga Amerikaning Yaqin Şarq mamlakatlaridagi harbiy obektlari töğrisida ma’lumot taqdim etgani haqida xabar tarqatgandi. Naşr manbalariga köra, Rossiya tomonidan yetkazilgan ma’lumotlar Amerika kemalari va samolyotlari töğrisidagi ma’umotlarni ham öz içiga oladi. Hozirgi bosqiçda Rossiya yordami kölami oxirigaça aniq emas.