Yaqin Şarqda boşlangan katta uruşdagi asosiy front – Eron va Fors körfazi mamlakatlari bölmoqda. Ahamiyati böyiça ikkinçisi esa – Livan. Va u yerda asosiy frontdagiga qaraganda ança oldinroq kardinal siyosiy özgarişlar röy berişi mumkin. Isroil yana «Hizbulloh»ga qarşi uruş boşladi – va bu safar uşbu taşkilot uzil-kesil tor-mor etilişi ehtimoli har qaçongidan köra yuqori.
«Hizbulloh» – bir vaqtning özida Livandagi eng yirik siyosiy kuç, mamlakat armiyasi bilan teng kuçga ega bölgan qurolli guruh hamda Isroilga qarşi kuraşişni öz oldiga asosiy maqsad qilib qöygan taşkilotdir. «Hizbulloh» 1980-yillarda taşkil etilgan va ötgan vaqt mobaynida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan qöllab-quvvatlab kelinadi (korpus uşbu taşkilotni qurollantiradi, moliyalaştiradi, jangçilarini öqitadi hamda razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlaydi).
«Hizbulloh» – Eronning proksi kuçlari, ya’ni uzoq vaqt davomida Eronga öziga xos taşqi mudofaa çegarasi sifatida xizmat qilib kelgan qurolli guruhlar orasida eng yirigi va eng muhimi hisoblanadi. Islom respublikasi nuqtayi nazariga köra, guruhning asosiy vazifasi Isroilga tahdid solib turiş hisoblanadi: agar yahudiylar davlati Eronga qarşi qandaydir harakat sodir etsa, «Hizbulloh» darhol Tehron nomidan javob qaytaradi. Guruh heç qaçon Isroilni mağlub etadigan darajada kuçga ega bölmagan – ammo yaqin vaqtlargaça unga juda jiddiy iqtisodiy va siyosiy zarar yetkaza oladigan darajada edi. Eronning hisob-kitoblariga köra, atrofidagi proksi kuçlar tufayli Isroilga Eron bilan töğridan töğri töqnaşuv qimmatga tuşgan bölardi va şuning uçun Isroil bunday töqnaşuvdan qoçgan.
Ammo Eron «Hizbulloh»ni töliq nazorat qilmaydi – guruhning Eronni himoya qilişdan taşqari öz ambitsiyalari ham bor. Livan aholisi orasida xristianlar, sunniylar va şialar uluşi deyarli teng miqdorda – va butun siyosat konfessional xarakterga ega. Şu darajadaki, prezident – doim xristianlardan, boş vazir – doim sunniylardan, parlament spikeri – doim şialardan böladi. «Hizbulloh» – azaldan diskriminatsiyaga uçrab kelgan şialar manfaatlarini ifodalovçi taşkilotlar orasida eng yirigidir. «Hizbulloh»ning «Qarşilikka sodiqlik» nomli öz partiyasi ham bor, u hozirgi parlamentda 128 örindan 14 öringa ega (kattaligi böyiça uçinçi fraksiya).
2022 yil oktyabridan 2025 yil yanvargaça – Livan siyosiy turğunlik davrini boşdan keçirdi. Partiyalararo ziddiyat tufayli parlament prezidentni saylay olmadi, prezident yöqligida hukumatni tayinlab bölmasdi. «Hizbulloh» uşbu inqirozning yagona sababi emasdi, ammo bu masala hal qilinişiga tösqinlik qildi: uning prinsipial duşmanlaridan kimdir prezidentlikka saylanmasligi guruh uçun muhim edi.
Mavzuga oid
Şu fonda, 2023 yil 7 oktyabrda Hamas Isroilga hujum uyuştirdi. Keyingi kuni «Hizbulloh» ham Isroil şimolini öqqa tutişni boşladi. Bunga javoban Isroil Livan hududiga artilleriya va aviatsiyadan zarbalar berdi.
Oradan bir yil ötib vaziyat özgardi. 2024 yil sentabrida Isroil maxsus xizmatlari «Hizbulloh» jangçilarining peyjyerlari va ratsiyalarini masofadan portlatiş amaliyotini ötkazdi. Keyin esa guruhning Livan janubidagi, şarqda joylaşgan Bekaa vodiysidagi, şuningdek, Bayrutning şialar istiqomat qiluvçi Dahiya tumanidagi pozitsiyalari böylab yopirilma aviazarbalar yöllandi (bu hududlarning barçasi amalda Livan hukumati emas, «Hizbulloh» tomonidan nazorat qilinadi). Bir neça kun içida «Hizbulloh» rahbariyati deyarli töliq tarkibda yöq qilindi, xususan, guruhning uzoq yillik rahbari Hasan Nasrulloh, uning örinbosari, örinbosarning örinbosari öldirildi.
Köp ötmay Isroil mudofaa armiyasi quruqlik orqali Livan janubiga kirdi – va bu hududda noyabr oyigaça qolib, «Hizbulloh» obektlarini egallaş, jangçilar va qurol-yaroğlarni yöq qiliş bilan maşğul böldi. Isroilliklar hududni tark etişdan oldin Livan hukumati bilan «Hizbulloh» tomonidan yangi tahdid bölgan taqdirda, amalda erkin harakatlaniş (aviazarbalar berişda) imkonini beruvçi kelişuv tuzadi.
Bu voqealar katta siyosiy oqibatlarga olib keldi. «Hizbulloh» öz vaqtida Suriyadagi Başar Asad rejimining ham tayançlaridan biri bölgan. Isroil bilan uruşda zaiflaşgaç, guruh 2024 yil dekabrida unga yordamga bora olmadi va Suriyaning qurollangan muxolifati diktatorni osonlik bilan ağdarib taşladi.
Livanning özida esa «Hizbulloh» siyosiy jarayonlarda yon berişga majbur böldi va parlament nihoyat prezidentni saylay oldi. Bu lavozimni Livan armiyasi boş qömondoni Jozef Aun egalladi. U boş vazirlikka BMT Xalqaro sudi sobiq raisi Navaf Salomni tayinladi.
Livan Isroilni rasman tan olmaydi, ammo bu yangi hukumatga tezda yahudiy davlati bilan işçi munosabatlarni örnatişga tösqinlik qilmadi. Ular vaziyat taqozosi tufayli amalda ittifoqçilarga aylandi. Ularning ikkisi ham «Hizbulloh»ni qurolsizlantirişni istardi: Isroil – şimoliy çegarasidagi duşmandan qutuliş uçun, Livan hukumati – Eron ta’siridan xalos böliş va nihoyat butun mamlakat hududini öz nazoratiga qaytariş uçun.
2024 yil kuzidan 2026 yil bahori boşigaça Livan armiyasi asta-sekin mamlakat janubiga siljib, «Hizbulloh» obektlarini (bunkerlar, tunnellar, qişloqlar) egallab, qurollarni, jumladan, Isroilni öqqa tutiş uçun möljallangan raketalarni olib qöydi. Bu deyarli har doim jangsiz, joylardagi qömondonlar darajasidagi kelişuvlar orqali amalga oşirildi. «Hizbulloh» jangarilari qarşilik körsatadigan bölsa, Isroil samolyotlari uçib kelardi. Livan armiyasi töğridan töğri töqnaşuvlardan qoçdi, çunki «Hizbulloh»ga qarşi kuraşa olişiga işonçi komil emasdi.
Isroil rahbariyati Livanning yangi hukumati bilan özaro munosabatlardan, umuman olganda, mamnun edi. Hatto Livan arab mamlakatlari va Isroil örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş böyiça Ibrohim kelişuvlariga qöşilişi haqida gap-sözlar tarqaldi. Biroq, «Hizbulloh»ni qurolsizlantiriş sur’atlari Isroilni qoniqtirmadi – uning razvedkasi taşkilot eski qurollarni topşirişi barobarida yangi qurollarga ega bölayotgani, qurollarini taşlayotgan eski a’zolarga qaraganda köproq yangi a’zolarni öz saflariga qöşib olayotgani haqidagi xulosaga keldi.
Şunday fonda Amerika va Isroilning Eronga qarşi qöşma amaliyotiga tayyorgarlik körildi. «Hizbulloh» endi Isroil uçun 2023–2024 yillardagi kabi tahdid tuğdira olmasdi, ammo baribir Eron raketalaridan keyingi örindagi ikkinçi xavf manbayi bölib qolayotgandi.
27 fevral kuni Amerikaning Isroildagi elçixonasi AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Quddusga taşrifiga (keyinçalik bekor qilingan) tayyorgarlik köriş doirasida mintaqadagi vaziyatga öz bahosini beruvçi memorandumni Davlat departamentiga yubordi. Uşbu hujjatda boşqa narsalar qatori Isroil Livan rasmiylarining «Hizbulloh»ni qurolsizlantiriş qobiliyatidan hafsalasi pir bölgani ham körsatilgan.
Fevral oyi mobaynida AQŞ Yaqin Şarqda öz harbiy guruhini yiğayotganda, Isroil Livan janubidagi va Bekaa vodiysidagi «Hizbulloh» pozitsiyalariga bir neça bor havo hujumlari uyuştirib, qurol-yaroğ zaxiralarining bir qismini yöq qildi hamda jangarilarning bir neça qömondonini öldirdi. 24 fevral kuni Isroil Livan hukumatini ogohlantirdi: agar Eron bilan uruş boşlansa va «Hizbulloh» unga aralaşsa – Isroil harbiy-havo kuçlari uşbu mamlakat hududida zarba beriş uçun mingdan ortiq nişonlar röyxatini tayyorlab qöygan, ular orasida Bayrut xalqaro aeroporti ham bor. Şundan keyin Livan boş vaziri Navaf Salom omma qarşisida çiqiş qilib, «Hizbulloh»ni «Livanni navbatdagi avantyuraga jalb qilmaslik»ka çaqirdi.
Isroil tanklari Livan bilan çegaraga olib kelinişi, 2026 yil 5 mart
Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA
Eronga qarşi uruş 28 fevral kuni boşlandi. Dastlabki kundagi harbiy amaliyotlar oqibatida oyatulloh Ali Xominaiy ham halok böldi – u «Hizbulloh» a’zolari uçun nafaqat siyosiy ittifoqçi, balki ma’naviy ustoz ham hisoblanardi. Xominaiyning ölimi haqidagi ma’lumot rasman tasdiqlanganidan keyin, 2 martga ötar keçasi «Hizbulloh» Isroil hududiga raketa zarbalari yöllaşga kirişdi.
Bunga javoban Isroil, va’da qilganidek, Livan janubi, Bekaa vodiysi va Dahiya böylab yoppasiga havo hujumlarini uyuştira boşladi. Nişonlar orasida «Hizbulloh» boş kotibi Naim Qosim, «Qarşilikka sodiqlik» partiyasi rahbari Muhammad Ra’d (ikkisi ham omon qolgan) va harakatning boşqa rahbarlari, Eronning Livandagi vakillari, şuningdek, «Hizbulloh» nazorati ostidagi «Al-Manar» telekanalining Bayrutdagi ştab-kvartirasi bor edi. Bundan taşqari, Isroil mudofaa armiyasi Livan janubiga bir neça kiçik quruqlik reydlarini amalga oşirdi. Yangi keng kölamli quruqlik operatsiyasi haqida hozirça gap yöq, ammo voqealarning bunday rivoji istisno qilinmayapti.
Isroil Livan janubidan va Dahiyadan tinç aholini evakuatsiya qiliş haqida ogohlantirmoqda. Livan rasmiylariga köra, Isroil zarbalari oqibatida allaqaçon 77 kişi halok bölgan, 500 dan ortiq kişi yaralangan. Yana 80 ming kişi öz uylarini tark etişga majbur bölgan.
Livan hukumati öz suverenitetini buzgani uçun Isroilning harakatlarini qoraladi va BMT hamda AQŞdan bu borada yordam söradi. Şu bilan birga, rasmiy Bayrut «„Hizbulloh“ning xavfsizlik va harbiy sohadagi harakatlari» taqiqlanganini e’lon qildi.
Bunday e’lon orqali Livan hukumati öz hududida «xavfsizlik va harbiy harakatlar» (ya’ni kuç işlatiş) böyiça monopoliyaga ega emasligini tan oldi. Livan armiyasiga çegara hududlardan çekiniş hamda Isroil mudofaa armiyasining «Hizbulloh»ga qarşi harbiy harakatlariga tösqinlik qilmaslik haqida buyruq berilgan.