Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 8 mart, yakşanba. Ortda qolayotgan haftamiz Amerika Yaqin Şarqda boşlagan navbatdagi qonli uruş bilan yodda qoldi. Isroil va Amerika bombalayotganiga qaramay, Eron qulagani yöq. Tehron arab davlatlarini xavfli hududga aylantirişda davom etmoqda. Amerika Yaqin Şarqni Eron dronlaridan himoya qiliş uçun Ukrainadan yordam söradi. Haftaning şu va boşqa muhim mavzularini birgalikda eslaymiz.
Uruş davom etmoqda
Hafta davomida Amerika va Isroil boşlagan Eronga qarşi uruş davom etdi. Tehron uç kunda qulamadi, tezkor harbiy maqsadga erişiş sodir bölmadi. Eron 40 yillik rahbari ölganidan keyin ham oyoqda turib kuraşyapti. Özi uruş oçib, uni qisqa muddatda tugatiş bilan maqtaniş hozirgi harbiy derjavalar uçun odatga aylandi.
Amerika uzoq muddatli uruş uçun reja tuzmagani körinib turibdi. Ularning maqsadi katta ehtimol Ali Xominaiyni öldiriş bilan kifoyalangan. U ölgaç rahbariyat özgarişi, tuzum qulaşini taxmin qilişgan. Lekin Erondagi boşqaruv tizimi ular taxmin qilganidek markazlaşgan diktatura körinişida bölib çiqmadi. Maduroni olişgaç, Venesuela «qulagandi», Asad ağdarilgaç, Suriya «quladi», lekin Eron butunlay boşqaça davlat ekanini unutişdi. Qaytaga Eron avvalgidan ham yaxşiroq kuraşmoqda. Odamlar Trampning çorloviga qaramay, köçaga çiqib hokimiyatni qöliga olgani yöq.
Arab davlatlari endi xavfli
Eron uruşning ilk kunlaridayoq Amerika va Isroil hujumiga javoban arab davlatlarini öqqa tutişni boşlagandi. Sabab oddiy, arab davlatlarida Amerikaning harbiy bazalari bor. Tehron uçun asosiy nişon Dubay böldi. Arab olamining sayyohlar uçun eng maşhur şahri aynan Dubay. Eronning hujumlaridan keyin Dubay şarpalar şahriga aylanib qoldi, köçalar böş, aeroportlar huvillab qolgan, odamlar Dubaydan qoçiş umidida. Bir neça kun içida Eron dunyodagi sayyohlar eng serqatnov şahar bölgan Dubayni dunyodagi eng xavfli şaharlardan biriga aylantirib qöydi.
Amerika va Isroil boşlagan uruş sabab endi Eron va arab davlatlarining munosabatlari avvalgidek bölmasligi aniq. Fors davlati arab davlatlarga nafratini oçiqçasiga namoyiş qilmoqda, bu nafrat ançadan beri yuzaga çiqmayotgandi. Endi körfaz aslo avvalgidek bölmaydi, uruş köp narsani özgartirib yubordi.
Amerika Ukrainadan yordam söradi
Uruş insonga şunday saboq beradiki, u beixtiyor dono ixtiroçiga, muvaffaqiyatli strategga aylanib qoladi. 2022 yil fevraldagi voqealarni eslang, Ukraina qöşnisi Rossiya bosqiniga doş beriş uçun Amerikadan, Yevropa davlatlaridan qurol sörab yurgandi, çunki öşa paytda bir neça ming kişilik armiyaga ega bölgan, SSSR davridan qolgan qurollarga qarab qolgan Ukraina qöşnisiga qarşilik qilişi qiyin edi. Lekin uruşning beşinçi yiliga kelib Amerika degan dunyodagi eng qudratli davlat Ukrainadan Eron dronlariga qarşi kuraşda yordam sörab ötiribdi. Qoyilmisiz?











