AQŞ-Isroil va Eron uruşi Yevropa va Osiyoning yirik mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Buning oqibatlarini özida eng köp his qilgan davlatlar Hörmuz böğozi orqali taşiladigan neft va gazga qaram Italiya, Belgiya, Xitoy, Hindiston va Janubiy Koreya böldi. Bu haqda tahlilçilarga tayanib The Washington Post yozmoqda. 

Naşrning yozişiça, ötgan haftada S&P 500 indeksi 2 foizga pasaygan bölsa, Janubiy Koreya fond bozori 20 foizga quladi, Hindiston esa milliy valutaning dollarga nisbatan keskin pasayişiga duç keldi.  

QatarEnergy kompaniyasi suyultirilgan tabiiy gaz işlab çiqarişni töxtatganidan söng uning narxi 1,5 baravarga kötarildi. ICE Futures birjasining 3 mart kungi ma’lumotlariga köra, Yevropada ming kub metr gaz narxi uç yil içida ilk marta 800 dollardan oşdi. 

Şuningdek, aviataşuvlar ham jiddiy zarar kördi. Logistika kompaniyalari yuk taşuvlarida BAA va Qatardagi xalqaro xablardan foydalanardi, biroq Eronning zarbalari bois ular endilikda aylanma yöllarni tanlaşiga töğri kelmoqda. 

«Şimol tomonga qarab köp uçiş mumkin emas, janub tomonga qarab köp uçiş mumkin emas», — dedi SEKO Logistics boş tijorat direktori Brayan Burk. 

Uning izoh berişiça, endi Xitoy va Şimoli-şarqiy Osiyodan parvoz qiladigan samolyotlar foydalaniş taqiqlangan Rossiya havo hududiga kirmasdan va uruş ketayotgan Eron ustidan ötmasdan, Turkmaniston orqali uçişiga töğri keladi.  

Buning ustiga, Fors körfazi mintaqasidan neft mahsulotlari yetkazilişining töxtatilişi aviatsiya yonilğisi narxi kötarilişiga olib keldi. WP qayd etişiça, uning narxi 72 foizga kötarilib, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 2022 yildagi körsatkiçga yetgan. 

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga hujum uyuştirdi. Bunga javoban Eron Yaqin Şarqdagi Amerika harbiy bazalari joylaşgan mamlakatlar hududidagi harbiy obektlarga zarba berdi hamda Hörmuz böğozi orqali amalga oşiriladigan neft va gaz savdosini töxtatib qöydi. Jahon neftining qariyb 20 foizi aynan uşbu böğoz orqali ötadi.