Aleksandr Lukaşenko Belarus özbekistonlik migrantlardan xursand ekanini aytdi.

Bu haqda Lukaşenko Özbekistonning Belarusdagi elçisi Rahmatulla Nazarov bilan uçraşuvda ma’lum qildi. U respublikada köplab özbeklar yaşaşini, ularni mamlakat mamnuniyat bilan taklif qilişini aytdi. «Şuning uçun, agar ular bu yerga kelişga qaror qilsa, biz juda mehnatsevar özbek odamlarini körişdan doimo xursandmiz», dedi Lukaşenko.

Uning sözlariga köra, Belarusda migrantlarga nisbatan qattiqqöl munosabatda bölişadi, ammo «ehtimol, bu ular uçun yaxşiroqdir». Belarus yetakçisining ta’kidlaşiça, respublikada migrantlar sobiq MDH davlatlarining boşqa vakillari bilan raqobatlaşa oladigan aniq işlarga qabul qilinadi: «belaruslar, rossiyaliklar, ukrainaliklar va boşqalar bilan teng. Marhamat, keling, raqobatlaşing».

Elçi bilan suhbatda Lukaşenko Ikkinçi Jahon uruşi haqida esladi. U köplab belaruslar Özbekiston tomonidan qöllab-quvvatlangani va boşpana topganini ta’kidladi. «Bu borada sizlardan biroz qarzdormiz. Garçi bu bir mamlakat doirasida bölsa-da», deb xulosa qildi Lukaşenko.