Eron Qurolli kuçlari Kipr, Turkiya va Ozarboyjonga hujum qilmadi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy brifing çoğida aytdi.
«Ozarboyjon, Turkiya va Kiprga kelsak, Qurolli kuçlar boş ştabi aniq va rasman Eron hududidan yoki qurolli kuçlar tomonidan bunday raketa uçirilmaganini ma’lum qildi», dedi u.
Eron Taşqi işlar vazirligi vakili AQŞ va Isroil bilan yaraşuv böyiça muzokaralar ötkaziş imkoniyatiga izoh berar ekan, hozirça Eronning javob çoralaridan boşqa narsa haqida gapiriş noörin ekanini aytdi.
«Harbiy tajovuz davom etmoqda. Hozirgi şaroitda mudofaaga aloqasi bölmagan, ya’ni duşmanga qaqşatqiç javobdan boşqa narsa haqida gapiriş noörin», dedi u.
Şuningdek, Baqoiy AQŞ maqsadi Eron neft resurslariga kiriş ekanligini aytdi.
«AQŞ maqsadi nima ekaniga şubha yöq, şu paytgaça heç kim AQŞ maqsadi neft resurslariga kiriş ekaniga şubha qilmagan», dedi Eron TIV rasmiy vakili.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi obektlarga, jumladan, Tehronga zarbalar berişni boşladi. Eron Isroil hududiga, şuningdek, Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy obektlariga javob zarbalari bermoqda.













