AQŞ prezidenti Donald Tramp Senat “Amerika saylovçilarining saylovlarda iştirok etiş huquqini himoya qiliş töğrisida”gi qonunni (SAVE) ma’qullamagunça, heç qanday boşqa qonun loyihasini imzolamaslik bilan tahdid qildi. Oq uy rahbari bu haqdagi tegişli yozuvni 8 mart, yakşanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi.

“Men prezident sifatida bu qonun qabul qilinmagunça boşqa qonun loyihalarini imzolamayman, yana uning yumşatilgan variantini ham emas — oltin standartga intiliş kerak: şaxsni tasdiqlovçi hujjat va fuqarolikni tasdiqlovçi hujjat taqdim etilişi şart, poçta byulletenlariga — yöq, harbiy xizmatçilar, kasallik yoki nogironlik holatlari bundan mustasno,” — deb yozdi Tramp.

The Hill naşri qayd etişiça, Amerika prezidenti 2026 yil 3 noyabrda bölib ötadigan AQŞ Kongressiga oraliq saylovlar arafasida ovoz beriş qoidalarini özgartiriş talablari bilan tobora faolroq çiqmoqda.

Naşr yozişiça, Tramp filibaster deb ataluvçi tartib — ya’ni parlament ozçiligi tomonidan qonun loyihalarini tösib qöyiş taktikasi qöllangan taqdirda ham respublikaçilar 60 ovozlik talabni çetlab ötib, qonun loyihasini atigi 51 ovoz bilan qabul qilişga erişişi mumkin, deb hisoblamoqda.

Tramp qonun çiqaruvçi organ yuqori palatasidagi respublikaçi köpçilik rahbari, Janubiy Dakota ştatidan senator Jon Tyunga uşbu taktikani qöllab-quvvatlaş iltimosi bilan murojaat qildi.

SAVE Act AQŞ Kongressi Vakillar palatasi tomonidan fevral oyida ma’qullangan bölib, respublikaçilar orasida keng qöllab-quvvatlanmoqda. Biroq demokratlar bu çoraga qarşi çiqib, u röyxatdan ötgan saylovçilar uçun muammolar tuğdirişi va saylovda qatnaşmoqçi bölganlarga tösqinlik qilişi mumkinligini ta’kidlamoqda.

2026 yil kuzida AQŞ Kongressiga bölib ötadigan oraliq saylovlarda demokratlar Vakillar palatasidagi köpçilikni qaytarib olişga umid qilmoqda. Hozirda esa respublikaçilar ham quyi palatani, ham Senatni nazorat qilmoqda. AQŞdagi oraliq saylovlarda odatda hukmron partiya köpinça mağlubiyatga uçraydi.