Germaniya hukumati milliy neft zaxiralaridan foydalanişga tayyor. Bu masala dunyoning yetakçi yetti mamlakati — G7 moliya vazirlarining telefon orqali konferensiyasida körib çiqildi. Bu haqda duşanba, 9 mart kuni Germaniya moliya vazirligi rahbari Lars Klingbayl ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bunday qarorni qabul qiliş vaqti hali kelmagan, ammo vaziyat, Klingbayl ogohlantirganidek, özgarişi mumkin.

Şuningdek, u “Katta yettilik” davlatlari örtasida milliy neft zaxiralaridan foydalaniş imkoniyati böyiça aniq kelişuv mavjudligini bildirdi. Endi bu masalani G7 mamlakatlari energetika vazirlari va hukumat rahbarlari muhokama qiladi. Ularning özi qaysi payt buning uçun eng maqbul vaqt bölişini hal qiladi, deb qöşimça qildi u.

Milliy neft zaxiralari uruş yoki halokat holatida avtomobil yonilğisi işlab çiqariş, isitiş tizimlari va sanoat ehtiyojlari uçun yetarli miqdorda neft mavjud bölişini ta’minlaydi.

Yevropa Ittifoqi, şuningdek, tarkibiga dunyoning 32 davlati kiradigan Xalqaro energetika agentligi (XEA) öz a’zolaridan kamida 90 kunlik import hajmiga teng neft zaxiralarini saqlab turişni talab qiladi.

XEA ma’lumotlariga köra, 2025 yil noyabr oyida Germaniyada 34,42 million tonna neft saqlangan.

Bu taşkilot 1974 yilda tuzilganidan beri neft zaxiralaridan foydalanişga atigi beş marta ruxsat berilgan — 1991 yilda Fors körfazidagi ikkinçi uruş oldidan, 2005 yilda kuçli dovullardan keyin, 2011 yilda Liviyadagi fuqarolar uruşi vaqtida, şuningdek 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli bosqinidan söng ikki marta.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi hamda Tehron tomonidan Hörmuz böğozining tösib qöyilişi fonida milliy neft zaxiralaridan foydalaniş jahon neft bozorida narxlar ösişini sekinlaştirişi mumkin. Çunki jahon neft savdosining taxminan 20 foizi aynan şu böğoz orqali amalga oşiriladi.

9 mart kuni neft narxi 2022 yildan beri ilk bor 100 AQŞ dollaridan oşgani xabar qilingan edi.