“Dunyo” AA xabar berişiça, Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi ma’lumotiga köra, mazkur muzey kolleksiyasidan Temuriylar davri badiiy an’analariga mansub qimmatli aşyolar örin olgan.

Gap, xususan, sirlangan yarim şar şaklidagi sopol buyumlar — qora, kök va feruza rangli naqşlar bilan bezatilgan, şaffof sir bilan qoplangan kosa va idişlar haqida bormoqda. Uşbu eksponatlar temuriylar davrining yuksak amaliy san’ati va bezak uslubini özida aks ettirişi bilan ahamiyatlidir.

Qayd etilişiça, mazkur tarixiy buyumlar hozirda muzey kolleksiyasida asrab-avaylab saqlanmoqda.

Bu kabi topilmalar Temuriylar davrining madaniy merosi nafaqat Özbekistonda, balki xorijiy muzey va töplamlarda ham keng örin olganini körsatadi.